Joriy yilning 4-noyabr sanasida Yoshlar ishlari agentligi Qiziltepa tuman bo'limi va Aholi bandlikka ko'maklashish markazi hamkorlikda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar va migratsiyadan qaytgan ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida "Yoshlar mehnat yarmarkasi" o'tkazildi. Yarmarkada mahallalardan 100 nafardan ortiq ishsiz yoshlar, qolaversa, kasb-hunar maktabimizning bitiruvchi o'quvchilari ham ishtirok etib, o'zlariga mos kelgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishib chiqishdi va o'zlari qiziqqan boʻsh ish o'rinlari uchun bandlikka ko'maklashish markazi xodimlari va tashkilot xodimlariga tegishli hujjatlar orqali murojaat qilishdi. Ushbu tadbir ishsiz yoshlarni hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishiga bandligini ta'minlashga muhim ko'makchi bo'ldi.
Elonlar
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш





















