Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi o'tkazildi.

  Joriy yilning 4-noyabr sanasida Yoshlar ishlari agentligi Qiziltepa tuman bo'limi va Aholi bandlikka ko'maklashish markazi hamkorlikda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar va migratsiyadan qaytgan ishsiz yoshlarni bandligini ta'minlash maqsadida tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida "Yoshlar mehnat yarmarkasi" o'tkazildi. Yarmarkada mahallalardan 100 nafardan ortiq ishsiz yoshlar, qolaversa, kasb-hunar maktabimizning bitiruvchi o'quvchilari ham ishtirok etib,  o'zlariga mos kelgan bo'sh ish o'rinlari bilan tanishib chiqishdi va o'zlari qiziqqan boʻsh ish o'rinlari uchun bandlikka ko'maklashish markazi xodimlari va tashkilot xodimlariga tegishli hujjatlar orqali murojaat qilishdi. Ushbu tadbir ishsiz yoshlarni hayotda va jamiyatda o'z o'rnini topishiga bandligini ta'minlashga muhim ko'makchi bo'ldi.

"Internet va yoshlar"

Joriy yilning 3-noyabr kuni Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi kutubxonasida yoshlar yetakchisi O.Abdulloyev tomonidan kasb-hunar maktabi o'quvchilari bilan "Internet va yoshlar" mavzusida  "Munozara" intellektual o'yinini o'tkazdi. Unda maktabning 107- hamda 112-guruhlari ishtirok etishdi. Ko'tarinki kayfiyat va bahslarga boy o'tgan munozarada 112-guruh o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni