Navoiy viloyati yuridik texnikumida «Davlat huquqiy faoliyat» yo'nalishi 39-guruh o'quvchilari o'rtasida «Davlat tilida ish yuritish» hamda «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fanlaridan «Kasbiy faoliyatda taqdimot va ta'sirchan nutqning ahamiyati» mavzusida noan'anaviy dars mashg'uloti o'tkazildi. «Davlat tilida ish yuritish» fani o'qituvchisi Z.Xasanova, «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fani o'qituvchisi L.Hamidovalar tomonidan o'quvchilarga kasbiy faoliyatga doir taqdimot tayyorlash vazifasi topshirilgan edi. O'quvchilar o'zlarining hozirda faoliyat yuritayotgan yoki kelgusida egallamoqchi bo'lgan kasblariga doir bilim, malaka, ko'nikmalar haqida taqdimotlarini namoyish etdilar. O'quvchilar ta'sirchan nutq vazifasi doirasida o'zlarining ijodiy ishlarini she'r aytish, monolog ko'rinishida taqdim etdilar. Tadbir bayramona ruhda o'tdi va barcha yig'ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Elonlar
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш





















