







Xatirchi tuman 1-son texnikumida “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” kasbiy mahorat milliy tanlovi doirasida “Payvandlash”, “Modalar texnologiyasi”, “Tibbiy-ijtimoiy g‘amxo‘rlik” hamda “Kompyuter grafikasi va dizayn” yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy mahorat ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘zlarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini namoyish etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Baholash jarayonida ish sifati, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi, aniqlik va kasbiy yondashuv mezonlariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, zamonaviy mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvatlashdan iborat
Kasbga muhabbat — muvaffaqiyat sari ilk qadam!

















