








Tanlovning tuman bosqichi Navbahor tuman 2-son texnikumida 7 ta yo'naish bo'yicha tashkil etildi.Tanlov yoshlarning kasbiy salohiyatini namoyon etish, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash va turli sohalarga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi.
Tanlov doirasida ishtirokchilar elektromontaj, payvandlash texnologiyasi, santexnika, tibbiy va ijtimoiy g‘amxo‘rlik, quruq qurilish hamda suvoq ishlari, moda texnologiyalari, kompyuter grafikasi yo‘nalishlarida o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazadilar.
Tanlov ishtirokchilari xavfsizligi qulayligi va shaffofligini baholash tashkil etildi. Yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilayotganligi tanlovda qatnashayotgan yosh ishtirokchilarga alohida imkoniyatlar eshigini ochdi.


















