Navoiylik yoshlar ham katta sahnada g‘olib sifatida e’tirof etildi!
Engil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, Quruq qurilish va suvoq ishlari, Sartaroshlik va boshqa kasblar bu safar butun O‘zbekiston e’tibor markazida bo‘ldi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida Navoiy yoshlari ham sovrindorlar safidan o‘rin oldi.
Bu hali yakuni emas. Eng kuchlilar WorldSkills jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U yerda g‘oliblik uchun 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot belgilangan.




















