Tadbir maktab bitiruvchilarining kelgusida o‘z yo‘llarini topishlari, zamonaviy kasb-hunarlarni egallashlari yo‘lida yangicha mazmun va integratsiya bilan ajralib turdi. Bitiruvchi yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish maqsadida, viloyat Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i J.Kalandarov 17 maktabga tashrif buyurdi.
Boshqarma boshlig‘i bitiruvchilarni qutlab, ularga kelgusi hayot yo‘llarida ulkan zafarlar tiladilar va imkoniyatlar eshigini ko‘rsatdilar: Yoshlarga bugungi kun mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblar, mutaxassisliklar va ularni qisqa muddatlarda egallash tizimi haqida so‘zlab berdi;

Kasbiy ta’lim tizimi maktab bitiruvchilarini zamonaviy bilimlar, sifatli amaliyot va porloq kelajak sari yetaklashga doimo tayyor!