Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov va Kasbiy ta’lim agentligi direktori Azimjon Husanov  Navoiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumidagi ustaxona faoliyatini ko‘zdan kechirib, o‘quvchilar bilan muloqot qildi.

Shu bilan birga, Kasbiy ta’lim agentligi direktori Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi 2-son texnikumida ham bo‘ldi. 

Ta’lim jarayoni, o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar sifati, mavjud moddiy-texnik baza hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek:
-zamonaviy kasblarga o‘qitish tizimi;
-dual ta’limni kengaytirish masalalari;
-o‘quvchilarning  taklif va tashabbuslari;
-mavjud muammolar yuzasidan masalalari muhokama qilindi.