Ushbu zamonaviy o‘quv laboratoriya xonasi hamda maxsus o‘quv-tajriba maydonchasi o‘quvchilarimizning suv tejovchi texnologiyalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanib borishiga xizmat qilmoqda.  Mazkur loyihaning davomi sifatida “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari asoslari” darsligi  va “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmalari, kompyuter, proyektor hamda elektron darslik taqdim etilganligi ayni muddao bo‘ldi.