Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy  viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i  O‘tkir Mirzoyev  Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida dastlab, kasb-hunar maktabi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni kasb-hunar maktabi v.b direktori M. Bobonazarova tomonidan tanishtirildi. 

Shuningdek, kasb-hunar maktabida  o‘quvchilarning bilim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv amaliyot xonalari holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha kasb-hunar maktabi direktoriga aniq vazifalar belgilab berildi.