Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

 O‘rganish davomida kasb-hunar maktabining o’quv binolarini holati, ta’lim jarayonlarini tashkil etilishi, o'quvchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, o'quv va amaliyot xonalari, ishlab chiqarish taʼlim ustalarining taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatib o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.   
Tashrif davomida kasb-hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta‘lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar bilan tanishdi.

Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Navoiy arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.

 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy  viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i  O‘tkir Mirzoyev  Navoiy arxitektura va qurilish  texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida texnikum direktori U.Rasulov bilan birgalikda  texnikumning ta'lim-tarbiya jarayoni, oʻquv ustaxonasi, sport zali, oshxona  hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib, oʻquvchilarning darslarga ishtiroki, ularning yashash sharoiti, ovqatlanishi bilan tanishib chiqdi.                       

O’rganish jarayonida yuzaga kelgan xato kamchiliklarni mas’ullarga bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda ko’rsatmalar berdi.

Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

  Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy  viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i  O‘tkir Mirzoyev  Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

O‘rganish davomida dastlab, kasb-hunar maktabi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarni kasb-hunar maktabi v.b direktori M. Bobonazarova tomonidan tanishtirildi. 

Shuningdek, kasb-hunar maktabida  o‘quvchilarning bilim olishlari, kasb-hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, o‘quv amaliyot xonalari holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish bo‘yicha kasb-hunar maktabi direktoriga aniq vazifalar belgilab berildi.    


Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni