Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Navoiy arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.
Tashrif mobaynida texnikum direktori U.Rasulov bilan birgalikda texnikumning ta'lim-tarbiya jarayoni, oʻquv ustaxonasi, sport zali, oshxona hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib, oʻquvchilarning darslarga ishtiroki, ularning yashash sharoiti, ovqatlanishi bilan tanishib chiqdi.
O’rganish jarayonida yuzaga kelgan xato kamchiliklarni mas’ullarga bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda ko’rsatmalar berdi.



















