Jumladan, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash, ularni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi va Qabul – 2026 jarayonlarini samarali tashkil etish, abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilishda “Dolzarb 90 kun” intensiv kasb lagerlari dasturi doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, to‘garaklar va qisqa muddatli o‘quv kurslariga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida keng tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusi doirasidagi profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.