Muzokaralar yakunida Qiziltepa tuman 2-son texnikumi va Jilin Sanoat va Texnologiyalar Kasb-hunar kolleji o‘rtasida Hamkorlik memorandumi hamda "Yashil sanoat ustaxonasi"ni birgalikda tashkil etish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Shuningdek, "Yashil sanoat ustaxonasi"ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida qo‘shma ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, zamonaviy o‘quv-uslubiy materiallarni yaratish, muhandis-pedagoglarning malakasini oshirish, hamda 2+1 dasturi asosida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, stajirovka dasturlarini tashkil etish, shuningdek, kasbiy ta'lim tizimida ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.






















