Shu maqsadda “Zamonaviy kasbiy ta’lim: sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” mavzusida avgust kengashi forumi tashkil etildi.
Forumda kasbiy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan samarali foydalanish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yuksaltirish hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardosh kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Tadbir davomida ta’lim jarayonlarini raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi. Elektron ta’lim platformalari, raqamli kontent, zamonaviy baholash tizimlari va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish kasbiy ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omillari sifatida qayd etildi.
Forumda xalqaro integratsiya masalalari ham keng muhokama qilindi. Xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, xalqaro standartlar asosida mutaxassislar tayyorlash va bitiruvchilarning global mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan takliflar bildirildi.
Mazkur respublika forumida Navoiy viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshligʻi J.Kalandarov boshchiligida 18 nafar mas’ul xodim faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan kasbiy ta’lim sohasidagi yangiliklar, ilg‘or tajribalar va zamonaviy yondashuvlar o‘rganilib, ularni hududdagi ta’lim muassasalarida samarali tatbiq etish bo‘yicha muhim tavsiyalar olindi.
Forum yakunida kasbiy ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish hamda xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish borasidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
Mazkur forum zamonaviy kasbiy ta’limni rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va mehnat bozori talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash yo‘lida muhim amaliy qadam bo‘ldi.
Navoiy iloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
















