Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Navoiy viloyat filiali mutaxassisi F.Usmonov  hamda Uchquduq tumani vrach-narkologi A.Roʻziqulov  ishtirok etdilar.

Mutaxassislar tomonidan o‘quvchi-yoshlarga zararli odatlarning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligiga ta’siri, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Suhbat davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javob olishdi.