Seminardan ko’zlangan asosiy maqsad professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining kasbiy salohiyatini oshirish, yangi ishlab chiqilgan o‘quv-me’yoriy hujjatlari bilan tanishtirish, o‘quv-metodik ta’minotni kuchaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish. O’quv seminarda Navbahor tuman kasb-hunar maktabi O'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari  Boymamatov Fazliddin Raxmatovich “Fanlarni o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalari, shuningdek internet texnolgiyalar, media resurslardan foydalanib dars jarayonini tashkil etish bo‘yicha namunaviy darslar”, Qazoqova Anora Rizaqulovna “O‘quv amaliyoti mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning kasbiy kompetensiya va ko‘nikmalarini samarali shakllantirish texnologiyalari”,  Nuroto tuman 2-son kasb-hunar maktabi umumkasbiy va maxsus fan o'qituvchisi X.Rajabov "Yo'l harakati qoidalari va xavfsizlik texnikasi fanini o'qitishda axborot kommunikatsiya vositalari, internet texnologiyalari, media resurslardan foydalanib dars jarayonini tashkil etish" ,  Qizeltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi ishlab chiqarish ta'limi ustasi Yu.Rajabova  "Worldskills standartlari asosida o'quvchilarni kasbga o'rgatish" mavzusida ma’ruza qilishdi. Seminar bahs-munozara tarzda o'tdi, ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etishdi. Seminar yakunida ishtirokchilar Navbahor tuman kasb-hunar maktabi 2021-2022 yangi o'quv yiliga tayyorgarlik darajasini o’rganish maqsadida ekskursiya uyushtirishdi.