Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib maktabning oʻquv ustaxonasida boʻlib oʻquvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (ICHTU) ning taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatdi. Dars jarayonlari bilan tanishish vaqtida N.Ulugʻberdiyev tarixiy davrdagi oʻzining ilmi bilan butun dunyoni lol qoldirgan "Muhaddislar sultoni", "Al-Jome' as-Sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriy shuningdek Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariylar hayot yoʻlini ibrat sifatida oʻquvchi-yoshlarga aytib oʻtdi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi kasb-hunar maktabining oʻquvchi yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA
QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq sanoat texnikumiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida texnikum direktori Sh.Nazarov bilan birgalikda texnikumning oʻquv ustaxonasi, sport zali hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib chiqdilar va oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz maslahatlarini berib oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida sport toʻgaraklari tashkil etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdilar
PROFESSIONAL TA'LIM MUSSASALARINING QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA
18-yanvar kuni Viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulug'berdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib, qishki ta'tildan so'ng o'quvchilarning kayfiyati, darslarga bo'lgan qiziqishlari, ta'lim jarayoni bilan tanishdi. Shunigdek, anomal sovuq ob-havo sharoitida professional ta'lim muassasalarining qozonxonalari hamda isitish tizimini ko'zdan kechirib, auditoriyalarni doimiy issiqligini ta'minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.















