Navoiy ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida o‘tkazilgan ushbu uchrashuv yosh avlod va boy hayotiy tajribaga ega faxriylar o‘rtasidagi "Oltin ko‘prik" vazifasini o‘tadi. Ushbu tadbir nafaqat muloqot, balki haqiqiy tarbiya maktabiga aylandi.
Tadbirning asosiy g‘oyasi — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda kasbga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish va faxriylarning ko‘p yillik tajribalarini yosh mutaxassislarga meros qilib qoldirishdan iborat.
Faxriylar o‘zlarining yoshlik yillari, mehnat faoliyatidagi mashaqqatli, ammo sharafli yo‘llari haqida so‘zlab berishdi.




















