Zo'ravonlikka qarshi 16 kun kompaniyasi doirasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida aksiya o'tkazildi.

 Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi psixologi K. G'offorova  tomonidan Zo'ravonlikka qarshi 16 kun kompaniyasi doirasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida aksiya o'tkazildi. O'quvchi-qizlar o'rtasida o'tkazilgan davra suhbati va trening mashg'ulotida o'quvchilarni stressdan chiqaruvchi ruhiy zo'riqishlarini oldini olishga qaratilgan mashg'ulotlar orqali olib borildi va  muammolarni  qanday qilib yechish kerakligi  tushuntirib o'tildi. O'quvchilar chizgan rasmlari tahlil qilinib, ularga hayotni  sevish, har bir kunini mazmunli o'tkazishlari, qiziqqan mashg'ulotlari bilan shug'ullanishi, tanlagan kasbi yuzasidan ko'proq o'qishi to'g'risida maslahatlar berilib, qattiyatlik va o'ziga ishonch to'yg'ularini shakillantirishga erishildi. 

Kitob oʻqishning 7 foydali tomoni

 
√ Kitob oʻqish – atrof muhitni, dunyoni va oʻzingizni anglashga yordamlashadi.

√ Kitob oʻqish – yodda saqlash va oʻylash qobiliyatini rivojlantiradi. Yaʼni, koʻp kitob oʻqigan odamning yodda tutish darajasi yaxshi, tez oʻylab, tez xulosa chiqaradigan boʻladi.

√ Kitob oʻqish – talqin qilish, analiz yasashga va shaxsiy fikrning shakllanishiga yoʻnaltiradi.

√ Kitob oʻqish – koʻpgina yutuq va muvaffaqiyatlarga asos boʻladi.

√ Kitob oʻqish – odamlar bilan toʻgʻri muomala qilishga oʻrgatib, toʻgʻri gapirishni shakllantiradi.

√ Kitob oʻqish – soʻz boyligini va savodxonlik darajasini oshiradi.

√ Kitob oʻqish – odamdagi yashirinib yotgan ijodiy qobiliyatni yuzaga chiqaradi. 

Navoiy viloyati yuridik texnikumida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi.

Navoiy viloyati yuridik texnikumida O’zbekiston “Adolat” SDP ning “Vatan kelajagi yoshlar qo’lida” loyihasi doirasida “Konstitutsiya bilimdoni” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. 

Mazkur ko’rik-tanlov yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, yoshlarda erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o’stirish, ularning faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Navoiy viloyatining turli tumanlarini sha’nini himoya qilgan 8 nafar ishtirokchi 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Yakuniy natijalarga ko’ra 1-o’rinni yuridik texnikum o’quvchisi Shahriddinova Barchinoy, 2-o’rinni ham yuridik texnikum o’quvchisi To’raqulova Madina hamda faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan Qiziltepa tumani ishtirokchisi Ismoilova Setora egallashdi.

Tadbir yakunida yuqori o’rin sohiblariga diplom va esdalik sovg’alariga, qolaversa faol ishtirokchilar ham faxriy yorliq hamda sovg’alari topshirildi.

 

Navoiy viloyati “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalari jarayonidan lavhalar

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 4 октябрдаги 89-сонли баёнида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш бўйича спортнинг Гандбол (ўғиллар ва қизлар) тури бўйича “Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичи жорий йилнинг 23-24 ноябрь кунлари Навоий вилоятида ташкил этилди.

“Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичидан лавҳалар

 

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 4 октябрдаги 89-сонли баёнида берилган топшириқлар ижросини таъминлаш бўйича спортнинг Гандбол (ўғиллар ва қизлар) тури бўйича “Баркамол авлод 2021” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичи жорий йилнинг 23-24 ноябрь кунлари Навоий вилоятида ташкил этилди.

Prezidentimiz tomonidan respublikamiz boʻylab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ishlar qizg'in davom etmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida  ham ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni