«Diyor 24». Navoiy viloyatidagi professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan muhandist-pedagoglar uchun o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

  «Diyor 24». Navoiy viloyatidagi professional ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan muhandist-pedagoglar uchun o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

"Haftada bir kitob oyiga 4 ta kitob yiliga 52 dona kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovi

 2022-yilning 16-mart kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida tuman ma'naviyat va ma'rifat bo'limi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi va Axborot kutubxona markazi   hamkorligida "Haftada bir kitob oyiga 4 ta kitob yiliga 52 dona kitob o'qiymiz" loyihasi doirasida kitobxonlik tanlovining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi. Kitobxonlik tanlovida kasb-hunar maktabi jamoasi faol ishtirok etishdi.

Наврўз байрамида неча кун дам оламиз?

 Президент фармонига кўра, 2022 йилда қўшимча дам олиш кунлари белгиланган. 

Шунга кўра, Наврўз байрами муносабати билан 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар – 5 кун, 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиганлар – 4 кун дам олади. 

● 19 март (шанба) – 5 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун дам олиш куни, 6 кунлик иш ҳафтасида ишлайдиган ходимлар учун иш куни;
● 20 март (якшанба) – дам олиш куни;
● 21 март (душанба) – Наврўз байрами;
● 22 март (сешанба) – қўшимча дам олиш куни (барча ходимлар учун, иш ҳафтасининг туридан қатъи назар);
● 23 март (чоршанба) – қўшимча дам олиш куни (барча ходимлар учун, иш ҳафтасининг туридан қатъи назар).

Tabiatni asraylik shiori ostida aktsiya boʼlib oʼtdi.

   Joriy yilning 14 mart kuni Navbahor kasb-hunar maktabida "Yashil yillik" umummilliy dasturi doirasida "Pepsi Oʼzbekiston" kompaniyasi bilan hamkorlikda "Tabiatni asraylik" shiori ostida aktsiya boʼlib oʼtdi. Tadbir davomida oʼquvchilar bilan qiziqarli savol-javoblar hamda viktorina oʼyinlari olib borildi va gʼolib boʼlgan oʼquvchilar kompaniya tomonidan qimmatbaho sovgʼalar bilan mukofotlandi. Tadbirning ikkinchi qismida "Pepsi Oʼzbekiston" kompaniyasi xodimlari hamda maktab rahbariyati va oʼquvchilar ishtirokida daraxt koʼchatlarini ekish ishlari ham tashkil etildi. Ushbu tadbirda 200 dona 4 xildagi manzarali daraxt koʼchatlari ekildi.

Наврўз байрами учун чегирмалар эълон қилинди


Туризм ва маданий мерос вазирлиги томонидан Наврўз байрами муносабати билан 2022 йил 19-20-21-22-23 март кунлари аҳолининг дам олиш кунларини мароқли ташкил этиш ҳамда ички туризм йўналишида саёҳатларга жалб қилиш мақсадида республика бўйлаб қуйидаги чегирмалар жорий қилинди (https://uzbektourism.uz/news/view?id=2139).

1. “Uzbekistan Airways” АЖ томонидан Республика аҳолиси учун ички республикалараро қатновларга барча турдаги тарифларга 50 фоиз чегирма жорий қилинди.

2. “Ўзбекистон темир йўллари” АЖ томонидан республиканинг барча ички қатновлари учун:

- олий ўқув юртлари талабалари, мактаб ўқувчилари, коллеж ва лицей талабалари, ИИВ, МВ, ДХХ, ДСҚ ва ДБХ махсус таълим муассасалари талабалари учун – 15 фоиз;

- коллектив (ҳамкасбларга) гуруҳдагилар учун – 15 фоиз;

- «Афросиёб» тезюрар электропоездларида барча тоифадаги йўловчилар учун - 10 фоиз чегирмалар жорий қилинди.

G 'alaba muborak

 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6099-sonli Farmoni ijrosini ta'minlash maqsadida 2022-yil 10-mart kuni Uchquduq tumanida umumta'lim maktabi o'quvchilari va kasb-hunar maktabi o'quvchi yoshlar o'rtasida sportning velamarafon turidan tuman birinchiligi musobaqasi o'tkazildi. Musobaqada Uchquduq kasb-hunar maktabi 1-20 guruhi o'quvchisi Abdukarimov Ulan 1-o'rinni egalladi.

  • 1 2
Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni