Raqamlashtirish

Texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish raqamlashtirildi Ma’lumki, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida barcha jarayonlar raqamlashtirilib, abituriyentlar va talabalarga qulay sharoitlar yaratilmoqda. Joriy yilda Davlat test markazining maxsus platformasidan kunduzgi, sirtqi, kechki hamda dual ta’lim shakli bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va birinchi bosqichga tavsiya etilgan texnikum va kollej o‘quvchilariga to‘lov-shartnoma berish jarayoni to‘liq raqamlashtirildi. Endi o‘quvchilar to‘lov-shartnomalarni elektron shaklda, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn olishlari mumkin. Buning uchun vazirlikning prof-kontrakt.edu.uz (http://www.prof-kontrakt.edu.uz/) platformasidan foydalangan holda shartnomani osongina yuklab olish talab etiladi.

Bilimdonlar e'tiborda

 Oliy va orta maxsus talim vazirligi huzuridagi Oquv ustaxonalari, texnik reglamentlar va metrologik nazorat xizmati bilan hamkorlikda Navoiy viloyatidagi professional talim muassasalarining direktorlari hamda ishlab chiqarish talimi boyicha direktor orinbosarlari uchun Professional talim muassasalarida oquv amaliyotlarining sifat va samaradorligini oshirish mavzusida Konimex tumani kasb-hunar maktabida oquv-amaliy seminar o'tkazildi.


Dual ta'lim amalda

  O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 29-martdagi  “Professional ta’lim tizimida dual ta’limi tashkil  etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 163-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 25-oktabr kuni viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma bosh uslubchilari tomonidan Zarafshon sanoat texnikumidagi dual ta'lim o‘quv jarayonlarini holati va hamkor tashkilotlarda dual ta'lim jarayonini o‘rganish, metodik yordam ko‘rsatish va qoʻshimcha tavsiyalar berish maqsadida hamkor tashkilotlar va texnikumga  tashrif buyurishdi.

Professional ta’limda dual ta’lim amalda

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2021-yil 29-martdagi  “Professional ta’lim tizimida dual ta’limi tashkil  etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 163-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 26-oktabr kuni viloyat Kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarma bosh uslubchilari tomonidan Qiziltepa tuman kasb-hunar maktabidagi dual ta'lim o‘quv jarayonlarini holati va hamkor tashkilotlarda dual ta'lim jarayonini o‘rganish, metodik yordam ko‘rsatish va qoʻshimcha tavsiyalar berish maqsadida hamkor tashkilotlar va texnikumga  tashrif buyurishdi.

"YASHIL MAKON" AKSIYASIDA ISHTIROK ETISHDI.

 ZARAFSHON SHAHRIDA O‘TKAZILGAN "YASHIL MAKON" AKSIYASIDA 
 ZARAFSHON SANOAT TEXNIKUMI ISHCHI XODIMLARI ISHTIROK ETISHDI. Qadimdan ma'lumki, hashar qilish, o‘z hududini obod qilish milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Zarafshon shahrida butun respublikamizda olib borilayotgan DOLZARB 40 KUNLIK "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "KO‘CHAT  EKISH AKSIYASI" o'tkazildi. Unda Zarafshon sanoat texnikumi ishchi xodimlari ham faol ishtirok etishdi. Ko‘chat o'tkazish hasharida shahar aholisi, nuroniylar, tashkilot xodimlari o‘z hissalarini qo'shdilar.

"Ona tilim-sen faxrim, shonim "

 O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan "Ona tilim -sen faxrim, shonim " shiori ostida ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini  ifoda etib tadbir tashkil etildi. Bunda kasb-hunar maktabi direktori B.K.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari B.S.Alimov so'zga chiqib bayram munosabati bilan o'z tabrik so'zlarini o'qib eshittirishdi. Tadbir sherlar va kuy qo'shiqlar jo'rligiga hamohang tarzida va yuqori ruhda bo'lib o'tdi. Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim!

"O'zligimiz timsoli - ona tilim!"

  O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 33 yil to'lgani munosabati bilan Navoiy vil. Yuridik texnikumida "O'zligimiz timsoli - ona tilim!" shiori ostida o'tkazilayotgan haftalik davomida texnikum o'quvchi yoshlari tomonidan chellenj o'tkazdi.

Ona tili – bu millatning ruhidir.

Til-davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.1989-yil 21-oktyabr kuni davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Har bir xalqning ona tilisi uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi. Barchaga o‘zbek tili kuni muborak bo‘lsin!

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni