O'quvchi-yoshlar uchun trening o'tkazildi.

 Uchquduq sanoat tеxnikumi psixologi J.B.Mardisadikova  tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun  trening o'tkazildi. Treningda  o'quvchilarga o'zaro  munosabatlarda va  emotsional   holatlarda  o'zini  boshqara olish, ijobiy   fikrlashni shakllantirish,  o'z-o'z  bilish, o'zgani  tushunish  hamda  muommoli  vaziyatlarni  oldini olish  bo'yicha  zarur ma'lumotlar  berib o'tildi.

Muzeyiga sayohat

 Konimex tuman kasb-hunar maktabi tarix fani  o‘qituvchisi Jahongir Yuldashev o‘z tashabbusi bilan kasb-hunar maktabi o‘quvchi yoshlariga Navoiy viloyati " Ma'naviyat va Ma'rifat" markazi  muzeyiga va "Qatag‘on  qurbonlari  xotirasi" muzeyiga  sayohat uyushtirdi. Sayohat davomida o‘quvchi yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Barkamol avlod 2021 sport musoboqalari davom etmoqda.

 24-28 aprel kunlari Farg'ona shahrida o'tkazilayotgan Barkamol avlod 2021 sport musoboqalari bo'lib o'tmoqda.  Musobaqada sportning stol tennisi turi bo'yicha Navbahor tuman kasb-hunar maktabining 12-21 guruh o'quvchisi Nodirboyev Oybekjon faol ishtirok etib, viloyatimiz sha'nini munosib himoya qilmoqda. Oybekjonga omad yor bo'lsin.  Musobaqa davom etmoqda...

"Yurakka ko‘milgan shoir" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida  xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimga o‘xshamagan misralari, qo‘shiqlari bilan tanilgan shuhrat qozongan, el mehriga sazovor bo‘lgan shoir Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi munosabati bilan "Yurakka ko‘milgan shoir" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkillashtirildi. Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlar o'zlarining adabiyotga bo‘lgan qiziqishlari, istedodlarini namoyon etishdi.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

 Joriy yilning 26 aprel kuni Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Ushbu mehnat yarmarkasida 2-son kasb-hunar maktabining bitiruvchi o‘quvchilari tumandagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib, faol ishtirok etdilar.

Konimex tumani kasb-hunar maktabida shaxmat bo'yicha musobaqa o'tkazildi.

 Sportning  shaxmat turi bo'yicha o'qituvchi hamda ishlab chiqarish ta'lim ustalari o'rtasida  musobaqa o'tkazildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha ko'rik tanlovlari bo'lib o'tdi

 Joriy yilning 26-aprel sanasida Konimex tumani kasb-hunar maktabi tarix hamda huquq fani o'qituvchilari Jahongir Yo'ldashov, Xumora Xudayberdiyevalar tashabbusi bilan
Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2021-yil 30- iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha 2021/2022-yillarga mo'ljallangan, Davlat dasturining 43-bandida belgilangan, yoshlarga korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta'lim berish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar rejasi yuzasidan  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimdonlarni aniqlash ko'rik tanlovlari bo'lib o'tdi.

O'quvchi yoshlar o'zlarining barcha qiziqtirgan savollariga javob topishdi

Халқаро_ҳамкорлик

 Профессионал_таълим

 Германия халқаро ҳамкорлик жамияти (GIZ) GmbH билан меморандум имзоланди.

Педагогик инновациялар институтида Германия халқаро ҳамкорлик жамияти (GIZ) GmbH билан «Ўзбекистонда профессионал таълим тизимини ислоҳ қилиш ва модернизация қилиш жараёнини қўллаб-қувватлаш» лойиҳаси доирасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni