Insonning mamlakat va insoniyat uchun qilishi mumkin bo‘lgan eng katta xizmati – bolalarini tarbiyalashidir.
©️ Bernard Shou
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi 1.3-guruh oʻquvchisi Sohibov Azizbek ingliz tili fanidan yuqori ball toʻplab B2 daraja sertifikatini qoʻlga kiritdi va oliy oʻquv yurtiga imtiyoz asosida oʻqishga kirish imkoniyatiga ega boʻldi. Ushbu munosabat bilan Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi jamoasi nomidan Sohibov Azizbekni erishgan yutuqlari bilan tabriklab, o'qishlariga va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 16-mart kuni maktabning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-yoshlari ishtirokida bahor faslining nafis va goʻzal bayramlaridan, butun dunyo musulmon olamining yangi yil ayyomi, yangilanish-yasharish kuni Navroʻz bayramini keng nishonlash maqsadida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida, koʻtarinki ruhda katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish sport musobaqalari shuningdek bayramona milliy taomlardan Navroʻz dasturxoni bezatish kabilar tashkil etildi. Bayram tadbirida oʻquvchilar milliy urf-odatlarimizdan kelin salomlar, lapar-u oʻlanlar aytishgani yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi.
Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar tomonidan Navro'z , bahor, tabiat mavzusida chiizlgan rasmlari, kitoblar ko'rgazmasi, o'quvchilar qo'l ishi bilan tayyorlangan milliy kashta va tikuvchilik ishlari namunalari namoyish etildi.
Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda jami 138 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, sport musobaqalarida 47 nafar o‘quvchi kuch sinashdi. G‘olib o‘quvchilar kasb-hunar maktabining diplom va estalik sovg‘alari bilan katta bayram tadbirda taqdirlandi.