Joriy yilning 30-yanvar kuni Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimov tavalludining 85 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida I.Karimovning hayoti va faoliyati bo'yicha savol-javoblar va videorolik namoyish etildi. Shundan so'ng "Islom Karimov o'gitlari" loyihasida o'qituvchilar va o'quvchilar faol ishtirok etdilar.
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida....
Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida ma‘naviy-ma‘rifiy tadbir o‘tkazildi.
Konimex tuman kasb hunar maktabida "Kasb mahorati" tanlovi o‘tkazildi.

Konimex tuman kasb hunar maktabida 2-bosqich o‘quvchilari o‘rtasida Maxsus fanlar oyligi munosabati bilan" Kasb mahorati" tanlovi o‘tkazildi. Tanlovda 5 ta yo‘nalish o‘quvchilari ishtirok etdi.Tanlovni 10 nafardan iborat kommisiya a'zolari tomonidan kuzatilib baholanib borildi. Tanlovda o‘quvchi-yoshlar o‘zlarining kasblari bo‘yicha 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar.
Professional ta’lim muassasalari tizimli o‘rganilmoqda
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ishchi guruhi tomonidan Navoy arxitekura va qurilish texnikumi hamda Qurilish sohasi malakali mutaxassislarini tayyorlash markazi faoliyati 2023-yil 28-yanvar kuni o‘rganildi. Ishchi guruh Markazning o‘quv-laboratoriya va ustaxona jihozlarini, zarur xom-ashyo mahsulotlari, maxsus texnika va avtotransport vositalari bilan ta’minlanganligini, yotoqxona binolarining holati va oshxonalarda tinglovchilar uchun ovqatlanishni tashkil etilganligini, zamonaviy o‘quv, o‘quv metodik va ilmiy-texnik adabiyotlar bilan ta’minlanganlik holati o’rganildi.
KITOBXONLIK
1 Daqiqada kitob o'qish...
QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA
Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib maktabning oʻquv ustaxonasida boʻlib oʻquvchilar va ishlab chiqarish taʼlimi ustalari (ICHTU) ning taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatdi. Dars jarayonlari bilan tanishish vaqtida N.Ulugʻberdiyev tarixiy davrdagi oʻzining ilmi bilan butun dunyoni lol qoldirgan "Muhaddislar sultoni", "Al-Jome' as-Sahih" asari muallifi Imom al-Buxoriy shuningdek Abulqosim Mahmud az-Zamaxshariylar hayot yoʻlini ibrat sifatida oʻquvchi-yoshlarga aytib oʻtdi. Shundan soʻng boshqarma boshligʻi kasb-hunar maktabining oʻquvchi yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdi.
QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulugʻberdiyev joriy yilning 18-yanvar kuni Uchquduq sanoat texnikumiga tashrif buyurdi. Tashrif mobaynida texnikum direktori Sh.Nazarov bilan birgalikda texnikumning oʻquv ustaxonasi, sport zali hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib oʻquvchilarning yashash sharoiti, issiqlik tizimi holati bilan tanishib chiqdilar va oʻquvchilarga ayni vaqtda taʼlim olishi va mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanishi boʻyicha oʻz maslahatlarini berib oʻquvchi-yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish va sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida sport toʻgaraklari tashkil etish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib oʻtdilar
























