Navoiy yuridik texnikumida o‘quv seminar tashkil etildi.

 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi  "Professional  ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini  oshirishga  qaratilgan o'quv seminarlarni tashkil  etish to‘g’risida"gi 419-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 27-dekabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Navoiy viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy yuridik texnikumida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishdagi vazifalar  mazmun-mohiyatini professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog-kadrlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qishki ta’til davrida viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish bo'limi boshlig'i F.Tursuqulov va E.Ergashovlar tomonidan  seminar ishtirokchilari uchun profesional ta'lim tizimiga oid ma'ruzalar tashkil etildi. Ushbu seminarlar qishki ta’til davrida barcha profesional ta'lim muassasalarida boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etiladi.

Bilasizmi

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam olishadi? Joriy yilgi Yangi yil bayramida ish haftasining davomiyligidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 4 kun dam olishadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda 31 dekabr - shanba (Prezidentning o‘tgan yilgi farmoni asosida 6 kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun dam olish kuni);  1 yanvar - yakshanba (Yangi yil bayrami);  2 yanvar-dushanba (ish haftasidan qat’i nazar barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni); 3 yanvar - seshanba (6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 7 yanvar – shanba kunidan ko‘chirilgan dam olish kuni). 30 dekabr (juma) va 4 yanvar (chorshanba) kunlari ish kuni bo‘ladi.

Қонунчилик_янгиликлари

Президентнинг 2022 йил 21 декабрдаги “Янги Ўзбекистон маъмурий ислоҳотларини амалга ошириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармонига  кўра Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги негизида 2023 йил 1 январдан бошлаб Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ташкил этилaди. Унга кўра, Инновацион ривожланиш вазирлиги, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Давлат тест маркази ва Олий аттестация комиссияси Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги таркибига ўтказилди. Шунингдек, Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Хорижий тилларни ўрганишни оммалаштириш агентлиги ва Таълим сифатини назорат қилиш давлат инспекцияси тугатилиб, вазифа ва функциялари тегишинча Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги орасида тақсимланади. 

Kitobxon

 Prezidentimiz  tomonidan ilgari surilgan "Besh tashabbus" loyihasining 4-bandi ijrosi yuzasidan Respublikamiz bo'ylab o'tkazilayotgan "Yosh kitobxon" ko'rik-tanlovida Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi matematika fani o'qituvchisi Xosiyat Gʻafforova tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallaganligi munosabati bilan tuman hokimi U.Fayziyev tomonidan estalik nishoni va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

«Kasbiy faoliyatda taqdimot va ta'sirchan nutqning ahamiyati»

Navoiy viloyati yuridik texnikumida «Davlat huquqiy faoliyat» yo'nalishi 39-guruh o'quvchilari o'rtasida «Davlat tilida ish yuritish» hamda «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fanlaridan «Kasbiy faoliyatda taqdimot va ta'sirchan nutqning ahamiyati» mavzusida noan'anaviy dars mashg'uloti o'tkazildi. «Davlat tilida ish yuritish» fani o'qituvchisi Z.Xasanova, «Huquqiy ko'nikma va metodologiya» fani o'qituvchisi L.Hamidovalar tomonidan o'quvchilarga kasbiy faoliyatga doir  taqdimot tayyorlash vazifasi topshirilgan edi. O'quvchilar o'zlarining hozirda faoliyat yuritayotgan yoki kelgusida egallamoqchi bo'lgan kasblariga doir bilim, malaka, ko'nikmalar haqida taqdimotlarini namoyish etdilar. O'quvchilar ta'sirchan nutq vazifasi doirasida o'zlarining ijodiy ishlarini she'r aytish, monolog ko'rinishida taqdim etdilar. Tadbir bayramona ruhda o'tdi va barcha yig'ilganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

OTA-ONALARGA TASHAKKURNOMA BERILDI


Navoiy viloyati adliya boshqarmasi hamda yuridik texnikumi rahbariyati tomonidan "Idrok" intellektual o'yinining  g‘oliblari va ularning ota-onalarini  taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.  2022-yilning 12-13 dekabr kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida  «Idrok» intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tanlovning natijalarga ko‘ra 2-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi yoshlarini taqdirlash marosimida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ota - onalarga minnatdorchilik xatlari hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.

"Energetiklar" kuni munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida .....

"Energetiklar" kuni munosabati bilan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Elektrenergetika tizimining Oʻzbekistondagi rivoji" mavzusida oʻquv-amaliy seminar tashkil etildi.
Bundan asosiy maqsad "Elektromontyor" yoʻnalishini yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashishdan iborat.
Seminarda Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi hamda Navoiy Arxitektura va qurilish texnikumi "Elektromontyor" yoʻnalishi Ishlab chiqarish taʼlim ustalari ham ishtirok etishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni