Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida qishki ta’tilni samarali o‘tkazish maqsadida pedagog xodimlar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarining vatanga bo‘lgan muhabbat, burchga sadoqat, kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Zakovat intellektual o‘yini tashkil qilindi.
Mening orzu maqsadlarim" mavzularda trening mashg'ulotlari o'tkazildi.
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida qishki ta'tilni maroqli o'tkazish maqsadida pedagog xodimlar o'rtasida "Mening orzu maqsadlarim", "Men sizdan uzr so'rayman" kabi mavzularda trening mashg'ulotlari o'tkazildi. O'qituvchilar o'zlarini orzu maqsadlarini yozib orzular doskasiga ildirib qo'ydilar va pedagogik jamoada psixologik muhitni yaxshilash uchun men sizdan uzr so'rayman kabi so'zlarni yozib xafa qilib qo'ygan kishilaridan uzr so'rashi aytildi va bir-birini kechirishiga yordam berildi.O'qituvchilar bilan sog'lom turmush tarziga amal qilishi o'zini va yaqinlarini sevishi va insonlarni kechirishi, boricha qabul qilishi kabi mavzularda suhbat olib borildi. O'qituvchilar o'rtasida o'tkazilgan trening mashg'ulotini kasb-hunar maktabi psixologlari K.G'offorova va G.Xamidovalar tomonidan o'tkazildi.
ZOOM platformasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 10-yanvar kuni Navoiy pedagogika kollejida oʻqituvchilarni qishki taʼtil vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida taʼlim muassasasida axborot resurs markazi va kutubxonasida maktabgacha taʼlimga oid yangi oʻquv meʼyoriy hujjatlari asosida uslubiy qoʻllanmalarni ishlab chiqish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori ijrosi yuzasidan tushintirish ishlari olib borildi. Shuningdek, taʼlim muassasasining ikkinchi bosqich oʻquvchilarini qishki taʼtilini mazmunli tashkil qilish yuzasidan 150 nafar oʻquvchilar bilan ZOOM platformasida onlayn shaklda uchrashuv tashkil etildi. Mazkur onlayn tarzida oʻtkazilgan davra suhbatida guruhlar oʻrtasida axborot texnologiyalari va internet savodxonligi boʻyicha onlayn viktorinalar tashkil qilinishi beliglandi.















