"Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi" koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoniga binoan, Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan Kasbiy ta'lim tizimi fidoyilari “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.



Tantanali marosimda viloyat hokimi o‘rinbosarlari J.Xodjayev ishtirok etib, fidoyilarni yaqinlashib kelayotgan Mustaqillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ushbu yuksak e’tirof fidoyi ustozlarimizni yangi yutuqlar sari ruhlantiradi.

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

“Avgust kengashi” doirasida

“Avgust kengashi” doirasida kasbiy ta’lim tashkilotlarining fidoyi rahbarlari, ta’lim tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan kasbiy ta’limni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shayotgan qolaversa 2026-2026 o‘quv yilida qo‘lga kiritgan yutuqlari, mehnat unumdorlik darajasi hamda ko’rik-tanlovlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni qo’lga qiritgan muhandis-pedagoglarga viloyat hokimi hamda viloyat hokimi o‘rinbosarining “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alari topshirildi.



Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi Axborot xizmati

“Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya”

Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi tomonidan joriy yilning 28-avgust kuni “Zamonaviy kasbiy ta’lim-sifat, raqamlashtirish va xalqaro integratsiya” shiori ostida Kasbiy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarning “Avgust kengashi”ning yakunlovchi yalpi yig‘ilishi tashkil etildi.

ZAMONAVIY KASBIY TA’LIM: SIFAT, RAQAMLASHTIRISH VA XALQARO INTEGRATSIYA

Bugungi kunda kasbiy ta’lim tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish hamda xalqaro tajribalar bilan integratsiyalashuv muhim vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda.

“Skills-2026 Workshop”

“Skills-2026 Workshop”: yangi avlod modulli ta’lim dasturlari amaliyotga joriy etilmoqda

Qiziltepa tumani 3-son texnikumida “Yangi avlod modulli ta’lim dasturlarini yaratish amaliyoti (Skills-2026 Workshop)” mavzusidagi amaliy seminar-treningning 2-kuni bo‘lib o‘tdi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik o‘rganildi

Yangi 2026/2027-o‘quv yilini yuqori saviyada tashkil etish, texnikumda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, o‘quv jarayoniga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida mas’ul rahbarlar ishtirokida Konimex tuman texnikumida o‘rganish ishlari olib borildi.

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”

 

Navoiylik yoshlar ham katta sahnada g‘olib sifatida e’tirof etildi!
Engil avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, Quruq qurilish va suvoq ishlari, Sartaroshlik va boshqa kasblar bu safar butun O‘zbekiston e’tibor markazida bo‘ldi.
Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” tanlovida Navoiy yoshlari ham sovrindorlar safidan o‘rin oldi.

Bu hali yakuni emas. Eng kuchlilar WorldSkills jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. U yerda g‘oliblik uchun 1 mlrd 30 mln so‘m mukofot belgilangan.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni