Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida. "Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, psixologiyaning o'rni ish faoliyati va vazifalari" mavzusida seminar- trening o'tkazildi.
Бугун аттестация учун мурожаат юборишнинг охирги куни
#Эслатма Бугун аттестация учун мурожаат юборишнинг охирги куни
2022 йилги аттестатцияда рўйхатдан ўтиш қачон, қандай тартибда бўлади?
Низомга кўра, аттестациядан ўтиш учун педагог кадрлар ҳар йили 1 январдан 1 мартга қадар ва 1 августдан 1 октябрга қадар бевосита давлат хизматлари марказлари орқали, ягона интерактив давлат хизматлари портали ёки таълим инспекциясининг расмий веб-сайтида рўйхатдан ўтган ҳолда мурожаат қиладилар.
2022 йил январдан бошлаб педагоглар аттестацияси бир йилда икки марта ўтказилади.
✅ Биринчи аттестацияда:
👉 Январь-февраль ойларида аризалар қабул қилинади;
👉 Март-май ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади;
👉 Июнь ойида Сертификатлар тарқатилади.
✅ Иккинчи аттестацияда:
👉 Август-сентябрь ойларида аризалар қабул қилинади;
👉 Октябрь-ноябрь ойларида малака (тест) синовлари ўтказилади;
👉 Декабрь ойида Сертификатлар тарқатилади.
Демак, бугун, яъни 28 февраль куни биринчи аттестацияда иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиб, мурожаат юборишнинг охирги куни ҳисобланади.
Oʼquv_meʼyoriy_hujjatlar
Bilim sohasi: #IJTIMOIY_FANLAR_BIZNES_VA_HUQUQ – 300 000
Ta’lim sohasi: #Biznes_va_boshqaruv – 320 000
Ta’lim yо‘nalishi: 0.32.12.00 – #Statistika (tarmoqlar va sohalar bо‘yicha)
Mutaxassislik nomi:
(http://edu.profedu.uz/kasb%20va%20mutaxasislik/13)5.32.12.01 - Statistika
(http://edu.profedu.uz/kasb%20va%20mutaxasislik/375)🌐 Yuqoridagi kasb va mutaxassisliklarning malaka talabi, o‘quv reja va o‘quv dasturlarini edu.profedu.uz (http://edu.profedu.uz/) metodik ta'minlash platformasi orqali yuklab olishingiz mumkin.
Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, psixologiyaning o'rni ish faoliyati va vazifalari" mavzusida seminar- trening o'tkazildi.
2022 -yil 22-fevral sanasida Viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Qiziltepa 2-son kasb-hunar maktabida.
" Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etish, psixologiyaning o'rni ish faoliyati va vazifalari" mavzusida seminar- trening o'tkazildi.
🔰 Semenardan ko'zlangan asosiy maqsad: Professional ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan psixologlarning ta'lim muassasasida ish faoliyatini tashkil etish bo'yicha bilim, ko'nikma, o'smirlar orasida suistid, ularda ruhiy zarba stres, agressiv va xavotirlanish holatlarini oldini olish va ularni bartaraf etish bo'yicha psixolorafilaktik, psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni tashkil etish.
🖇Hamkor tashkilotlar: Navoiy Davlat Pedagogika Instituti,Tuman Xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash markazi hamda OAV.
📃Oliy Ta'lim Muassasasi Professor o'qituvchisi D.X.Umirzokov, Sh.A.Utamurodovlar tomonidan tayyorlab kelingan ma'ruzadan seminar ishtirokchilari sohaga oid ko'plab yangiliklarni o'zlashtirib olishdi.
🗒Qiziltepa tuman hokimining Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchisi Xolova Mehrinniso psixologlarning bugungi jamiyatdagi o'rni va roli borasida o'zining samimiy fikrlarini bildiribgina qolmay ularga taklif va mulohazalarni aytib ham o'tdi. Mardisаdikova Jansaya, Normurodova Shaxlo, G'ofurova Kamola, Begmonova Maftuna tomonidan tashkil etilgan o'qituvchi va o'quvchilarda muloqatchanlikni rivojlantirishga qaratilgan psixotrening seminar ishtirokchilarida katta ta'surot qoldirdi.
💫Amaliy trening chog'ida ishtirokchilar kayfiyatni ko'tarish, ular o'rtasida ijobiy fikirlashni rivojlantirish, guruhda sog'lom muhitni shakillantirish, shu bilan bir qatorda turli xil vaziyatlarda o'zgarishlar bilan muloqotga kirishishdagi to'siqlarni bartaraf etish, o'z-o'ziga past baho berishni o'zgartirish va o'ziga bo'lgan ishonchni mustahkamlash borasida kutilgan natijaga erishish bo'yicha amaliy tavsiyalar berildi.
📌Seminar- trening ishtirokchilari o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.
Kun_Hikmati
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil
Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir, tarixchi, olim. davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo oilasida tugʻilgan.
Boburning yoshligi Andijonda oʻtgan. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi. Otasi Axsida bevaqt, 39 yoshida fojiali halok boʻlgach, oilaning katta farzandi, 1494-yilda 12 yoshli Bobur valiahd sifatida taxtga oʻtiradi.
Bobur 1530-yili 47 yoshida oʻzi asos solgan saltanat poytaxti Agrada vafot etgan.
Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Sarrishtayi ayshdin koʻngulni zinhor
Uz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Кун Ҳикмати
Алишер Навоий (1441-1501)
15- аср жаҳон маънавиятининг буюк сиймоси Низомиддин Мир Алишер Навоий ҳижрий 844 йил рамазон ойининг 17-куни (1441 йил 9 феврал)да Ҳиротда туғилган. Ҳирот шаҳри XV аср биринчи ярмида Соҳибқирон Амир Темур асос солган улуғ салтанатнинг иккинчи пойтахти, Темурнинг кенжа ўғли Шоҳрух Мирзонинг қўл остидаги обод манзилларидан бири эди. Алишер туғилган хонадон Темурийлар саройига азалдан яқин ва юртда муайян нуфуз соҳиби эди.
- 1 2


















