Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi.

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasbga qiziqtirish va keyingi o'quv yilida mazkur kasb-hunar maktabiga qamrab olish uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi. Bunda asosan kasblar haqida videoroliklar, ko'rgazmalar, taqdimotlar, o'qituvchi-pedagog hamda ICHTUlar va o'quvchi-yoshlar tomonidan ta'lim muassasasida mavjud kasblar kesimida mahorat dars ( master-klass) mashg'ulotlari o'tkazildi. Shuningdek, ochiq eshiklar kunida maktab o'quvchilari kasb-hunar maktabining barcha o'quv binolari, o'quvchilar turar joyi (Yotoqxona), sport zal, o'quv ustaxonalari hamda axborot-kutubxonasi va o'quvchi-yoshlarni kasb-hunar, bilim ko'nikma va malaka egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Darxon Ravon luks" korxonasi bilan tanishishdi

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Avtomobillarni ta'mirlash chilangari"  yo'nalishi o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti oldidan tumandagi "Darxon Ravon luks"  korxonasi bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish ta'limi ustasi M. Berdiyev bilan birgalikda korxonaning qulayliklar va sharoitlari bilan tanishishdi.

Zukko_kitobxon

Konimex tumani kasb-hunar maktabi bilimdon yoshlari "Zukko kitobxon" intellektual o'yinida munosib ishtirok etishib,faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritishdi. Tanlovda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan 4 ta jamoalar o'rtasida tashkil etildi, tadbir qizg'in baxs munozaraga boy  bo'ldi.


Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni