Siz_uchun_foydali

  “El-yurt umidi” jamg‘armasining @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, bilim uchun 100 million yutib oling!

 "Bilim uchun 100 million" loyihasi ommabop loyiha bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lgan barcha — maktab o'quvchilari, professional ta'lim muassasalari o'quvchilari, abituriyentlar, talabalar va kattalar ham ishtirok etishlari mumkin.

 Olimpiada ikki bosqichda: birinchi bosqich @bilimtestbot Telegram botida onlayn (1-apreldan 20-avgustgacha); ikkinchi bosqich oflayn shaklda (20-avgustdan keyin, Mustaqillik bayrami arafasida) Toshkent shahrida o'ktaziladi. Birinchi bosqich 1-aprel kuni @bilimtestbot’da boshlanadi. 

 Batafsil ma'lumot

 (https://telegra.ph/Bilim-uchun-100-million-loyihasi-haqida-03-27)❗️Eslatib o'tamiz, loyihaning faqatgina @bilimtestbot Telegram boti mavjud. Bu nomga o'xshash nomdagi har qanday kanal, guruh va botlarning bizning olimpiadaga aloqasi yo'q hamda ular feyk! Ayni vaqtda @bilimtestbot’da ro'yxatdan o'tsangiz bo'ladi.

"Kasbiy fanlar" oyligi doirasida ochiq dars o'tkazdi.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Kasbiy fanlar" oyligi doirasida maxsus fan o'qituvchisi Yusupova Gulchehra Sartarosh (modelyer)  yo‘nalishida Rang tasvir  fanidan "Ranglar haqida umumiy ma'lumot"  mavzusida ochiq dars o'tkazdi.

Tok kuchi va tok zichligi elektr tokining ta'sirlari mavzusida ochiq o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

  Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi fizika va astronomiya fani o'qituvchisi Iskandarova Gulchehra Bobomurodovna tomonidan 1-21 guruh o'quvchilariga "Tok kuchi va tok zichligi elektr tokining ta'sirlari" mavzusida ochiq o'quv mashg'uloti o'tkazildi. Ochiq mashg'ulotni Nima uchun, charxpalak, kim chaqqon, zinama-zina metodlaridan unumli foydalangan holda o'tildi. Darsda o'quvchilar faol qatashishdi va o'zlashtirgan bilimlarini savol javoblar orqali namoyon etishdi.

Yoshlar istiqbolimiz va kelajagimiz poydevori mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

                                                                                                                                                                                          2022- yil 30-mart sanasida Viloyat kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqaramasi tomonidan Konimex tumani kasb-hunar maktabida.

"Yoshlar istiqbolimiz va kelajagimiz poydevori" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔰 Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad: "Yoshlarga oid davlat siyosati"ning amalga oshirilishi, ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda bugungi kunda kasb-hunar maktabida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisining me'yoriy hujjatlari bilan tanishish hamda "Koordinatorlar faoliyati" ni o'rganish.

Tadbir davomida: Konimex tumani kasb-hunar maktabida faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchisining faoliyati o'rganildi, va viloyatdagi boshqa ta'lim muassasalariga na'muna sifatida ko'rsatildi. Kasb-hunar maktabida o'quvchi yoshlarni dunyo tillarini kengroq targ'ib qilish "Culture of Uzbekistan" shuningdek AKT yo'nalishi qisqa muddatli kurslarning o'qitilishi bo'yicha "Yosh dasturchi", harbiy vatanparvarlik mashqlari hamda sport musobaqalari tashkil etildi.
O'quv ustaxonasida "Kasbim faxrim" mavzusida kasb-hunar maktabida mavjud yo'nalishlar bo'yicha ochiq darslar hamda avtomobillarni boshqarish o'quv mashqlari tashkil etildi.

🖇 Hamkor tashkilotlar: Konimex tumani hokimligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi, Konimex tumani XTB hamda OAV.

💫 Konimex tumani hokimi M.A.Egamqulov kasb-hunar maktabning kapital taʼmirlash ishlari tugatilganligi munosabati bilan ochilish marosimni ochib berdilar. 
Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig'i N.R.Ulug'berdiyev bugungi kunda professional ta'lim tizimida tahsil olayotgan o'quvchi-yoshlarga berilayotgan qator imkoniyatlar haqida to'xtalib o'tdilar.
O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi raisi S.L.Uvaytov tomonidan azmi shijoatli yoshlarga yanada o'qib izlanishlari uchun kitoblar jamlanmasi sovg'a qilindi.

⚡️Seminar  yuqori kayfiyatda Navro'z bayramini o'zida jamlagan holda sumalak atrofida milliy raqslar, laparlar, kuy-qo'shiqlar kuylandi.

✨O'quvchi yoshlar shijoati, ertangi kunga bo'lgan ishonchi, ularning yonib turgan ko'zlaridagi g'ayrati barcha tashrif buyurganlarda juda katta qiziqish o'yg'otdi.

📌 Seminar  ishtirokchilari o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha tizimli va doimiy ravishda ishlar olib borishga kelishib olishdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni