Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligi tadbiri nishonlandi
"Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .
2022-yil 25-aprel kuni Uchquduq sanoat texnikumida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" nomli bellashuv boʻlib oʻtdi .Bellashuvda 1-21, 4-21, 5-21 va 8-21 guruh oʻquvchi-yoshlari 4 shart asosida oʻzaro bellashdilar. Tadbir davomida guruh ishtirokchilari tomonidan sahna koʻrinishi, videoroliklar hakamlar hayatiga namoyish etildi . Yakuniy hisobga koʻra 4-21 guruhi jamoasi faxrli 1-oʻrni qoʻlga kiritdi.
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi.
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini kasbga qiziqtirish va keyingi o'quv yilida mazkur kasb-hunar maktabiga qamrab olish uchun "OCHIQ ESHIKLAR KUNI" o'tkazildi. Bunda asosan kasblar haqida videoroliklar, ko'rgazmalar, taqdimotlar, o'qituvchi-pedagog hamda ICHTUlar va o'quvchi-yoshlar tomonidan ta'lim muassasasida mavjud kasblar kesimida mahorat dars ( master-klass) mashg'ulotlari o'tkazildi. Shuningdek, ochiq eshiklar kunida maktab o'quvchilari kasb-hunar maktabining barcha o'quv binolari, o'quvchilar turar joyi (Yotoqxona), sport zal, o'quv ustaxonalari hamda axborot-kutubxonasi va o'quvchi-yoshlarni kasb-hunar, bilim ko'nikma va malaka egallashlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Darxon Ravon luks" korxonasi bilan tanishishdi
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabi "Avtomobillarni ta'mirlash chilangari" yo'nalishi o'quvchilari ishlab chiqarish amaliyoti oldidan tumandagi "Darxon Ravon luks" korxonasi bilan tanishish maqsadida ishlab chiqarish ta'limi ustasi M. Berdiyev bilan birgalikda korxonaning qulayliklar va sharoitlari bilan tanishishdi.
Zukko_kitobxon
Konimex tumani kasb-hunar maktabi yoshlarining navbatdagi g'alabasi
Konimex tumani kasb-hunar maktabi yoshlarining navbatdagi g'alabasi "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasida tashkil etilayotgan tanlovlarda kasb-hunar maktabi yoshlari birinchilikni qo'ldan boy bermasdan har sohada faol ishtirok etib faxrli birinchilliklarni qo'lga kiritishda davom etishmoqda. "Quvnoqlar va zukkolar" tanlovining g'olibi bo'lishib navbatdagi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.
Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Kitob aksiyasi otkazildi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025 yillarda kitobxonlok madaniyatini rivojlantirish va qollab quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risidagi qarori ijrosidan kelib chiqib "Kitobxonlikhaftaligi" doirasida Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Kitob aksiyasi otkazildi. Aksiya doirasida kitob savdosi shuningdek Kutubxona uchun badiiy kitoblar sovg'a qilish tadbiri tashkil etildi.






















