Boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida....

Joriy yilning 20-avgust kuni Navoiy viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida boʻlib, taʼlim-tarbiya jarayonlarini samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquvchilarning darsliklar, sinflar va laboratoriya xonalarining zarur jihozlar bilan taʼminlanganlik holati hamda oʻquv binosini taʼmirlash va kasb-hunar maktabi hududini obodonlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi.

Aholi bilan doimiy muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni hal etishning samarali mexanizmi va usullari joriy etilgani mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi. Joriy yilning 20-avgust kuni Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida aholi murojaatlarini eshitish hamda ularning muammoli masalalariga amaliy yechimini topishda huquqiy yordam koʻrsatish maqsadida Navoiy viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N. R. Ulugʻberdiyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabul jarayonida fuqarolarning mavjud murojaatlari eshitildi va amaliy yordam koʻrsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni