2022-yil 10-oktabr kuni Uchquduq sanoat texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-sonli "Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targʻib etish" dasturining 9-bandiga asosan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hayoti va ijodi hamda adabiy merosini faol targ'ib qilish maqsadida adib ijodiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yozuvchi tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar orqali ona Vatanga muxabbat, insonparvarlik gʻoyalari yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida alohida e'tibor qaratildi.
Elonlar
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Muhammad Ali hayoti va ijodi to'g'risida tadbir
Endi diplom dublikatini olish yanada osonlashdi
Oliy, oʻrta maxsus va professional taʼlim toʻgʻrisidagi hujjat (diplom) dublikatlarini olish istagini bildirgan fuqarolarga onlayn murojaat qilish imkoniyati yaratildi
Endilikda fuqarolarning ta’lim muassasalariga borishlariga hojat qolmadi.
Fuqaro Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz (https://my.gov.uz/uz/service/642) orqali onlayn yoki oʻziga yaqin joydagi Davlat xizmatlari markazlariga borib diplom dublikatini olish uchun soʻrovnomani toʻldiradi, ortiqcha hech qanday hujjat talab etilmaydi.
Murojaat etilgan kundan boshlab o‘n ish kunida vakolatli organdan diplom dublikatini olib ketishi yoki fuqaro pochta xizmatidan foydalangan taqdirda o‘n besh ish kunida uning yashash manziliga yetkazib berilishi mumkin.

















