O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Uchquduq tuman kasb-hunar maktabi o'qituvchi va o'quvchilari tomonidan "Ona tilim -sen faxrim, shonim " shiori ostida ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini ifoda etib tadbir tashkil etildi. Bunda kasb-hunar maktabi direktori B.K.Qodirov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari B.S.Alimov so'zga chiqib bayram munosabati bilan o'z tabrik so'zlarini o'qib eshittirishdi. Tadbir sherlar va kuy qo'shiqlar jo'rligiga hamohang tarzida va yuqori ruhda bo'lib o'tdi. Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e'tiborni mustaqillikka bo‘lgan e'tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim!
"Ona tilim-sen faxrim, shonim "
"O'zligimiz timsoli - ona tilim!"
Ona tili – bu millatning ruhidir.
Til-davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va maʼnaviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.1989-yil 21-oktyabr kuni davlat tili to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan, unga muvofiq o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan.
Har bir xalqning ona tilisi uning bebaho boyligi va milliy iftixori sanaladi. Barchaga o‘zbek tili kuni muborak bo‘lsin!



















