Tashrifdan maqsad: Professional ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar va ta'lim mazmuni bilan tanishish hamda uni yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilashdan iborat.Tashrif davomida ta’lim muassasasida ishlab chiqarish ta'lim ustalari bilan yaqindan tanishish maqsadida ular bilan suhbat o‘tkazish jarayonida o‘quv me’yoriy hujjatlari hamda o‘quv jurnallarini ko‘zdan kechirdi va o'zining taklif mulohazalarini bildirib tegishli topshiriqlar va tavsiyalarini berib oʻtdi.
Elonlar
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova Navbahor tuman kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Sadoqat Siddiqova Navoiy shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurdi
Tashrif davomida ta’lim muassasada amalga oshirilayotgan ishlar va ta’lim mazmuni bilan tanishish hamda maktab oʻquvchilarining davomati, oʻqituvchilarning darsga tayyorgarlik holati, jurnallarning yuritilish ahvoli, bugungi kunda ta'lim jarayonida jihozlardan qanday foydalanilayotganligi, oʼquvchilarning oʼzi tanlagan kasblari boʼyicha olayotgan bilimlari va taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Tashrif so'ngida byudjetdan tashqari mablag’ to'plash maqsadida kasb-hunar maktabida tashkil etilgan “Penoblok ishlab chiqarish”, “Sovun ishlab chiqarish”, “Metall konstruksiyalar ishlab chiqarish” sexlarida bo’lib o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdilar.
Tashrif
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirining professional ta'limni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari SIDDIQOVA SADOQAT G'AFFAROVNA Navoiy viloyatida. Ayni damda Konimex tuman kasb-hunar maktabida tahsil olayotgan o'quvchi yoshlarning o'quv jarayoni bilan tanishish maqsadida tashrif buyurdi. Maktabda muhandis-pedagoglar bilan uchrashib, o'quv amaliyot ustaxonasi, o‘quv xonalari hamda bugungi kundagi ta’lim jarayonlari, o'quvchilarning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.Tashrif so'ngida muhandis-pedagoglar bilan o'tkazilgan samimiy suhbat barchada o'zgacha taassurotlar qoldirdi. Suhbat yakunida Sadoqat G'affarovna o'zining tegishli ko'rsatma va takliflarini berdi.
















