"Internet va yoshlar"

Joriy yilning 3-noyabr kuni Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi kutubxonasida yoshlar yetakchisi O.Abdulloyev tomonidan kasb-hunar maktabi o'quvchilari bilan "Internet va yoshlar" mavzusida  "Munozara" intellektual o'yinini o'tkazdi. Unda maktabning 107- hamda 112-guruhlari ishtirok etishdi. Ko'tarinki kayfiyat va bahslarga boy o'tgan munozarada 112-guruh o'quvchilari g'oliblikni qo'lga kiritishdi.

Dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"

 Joriy yilning 3-noyabr kuni Uchquduq sanoat texnikumiga Uchquduq tumani 2-sektor rahbari tuman prokurori R.Rahmatov, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Rayxanov hamda tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari mayyor S.Qodirovlar  ishtirokida  ishchi-xodimlar va oʻquvchi-yoshlarga, hozirgi kunda eng dolzarb muammoga aylangan "Kiberhujum"(ya'ni plastik kartochkalardan pul yechib olinishi, har xil yolgʻon "feyk" habarlarni tarqalishi, mobil aloqalar orqali mablag' bilan bog'liq xabarlar,  pullik oʻyinlarga aldanib qolish va h.k) oqibatlarini olish maqsadida davra-suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida oʻquvchi-yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Yashil_makon

 Joriy yilning 3-noyabr sanasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi  "Dolzarb 40 kunlik" aksiyasi doirasida Navbahor tuman kasb-hunar maktabida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari tashkil etildi. Kasb-hunar maktabi yoshlar ittifoqi va o‘quvchi yoshlar hamkorligida 20 ta mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.

Geologik laboratoriya majmuasiga tashrif

 2022-yil 2-noyabr kuni Zarafshon sanoat texnikumi 209-21 guruh rahbari tomonidan Foydali qazilmalarni boyitish mutaxassisligi bo'cha tahsil olayotgan o‘quvchilarni Daugiztau DGQE qarashli Geologik laboratoriya majmuasiga tashrifi tashkillashtirilib, ushbu majmuaning tashkil topish tarixi va bu yerda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishdilar.

  • 1 2
Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni