"Biz - OITS ga qarshimiz"

 Navoiy shahar kasb-hunar maktabida "1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan biologiya fani o'qituvchisi A.Fuzaylova tashshabbusi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari U N.Shamiev va maktab oʻqituvchilari shuningdek Navoiy shahar IIB Jinoyat qiduruv bo'limidan J.Axmedov, Sh.Xo'jaqulov,Sh.Qodirov maktabning birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Biz - OITS ga qarshimiz" shiori ostida boʻlib oʻtdi.Suhbatda soʻzga  chiqqanlar asr vabosi va uning oqibatlar haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javob  topishdi.

"IQTIDORINGNI NAMOYON ET"

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni  qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish  maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi. 
Tadbir davomida  o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS"  doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
 Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

"Hayot go'zal chunki unda men borman"

"Hayot go'zal chunki unda men borman" Navoiy viloyati yuridik texnikumida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni"ga bag`ishlab L.Xamidova tomonidan "Hayot go'zal chunki unda men borman" deb nomalangan amaliy trening o'tkazildi. Trening jarayonida talabalar: Hayotimizni go'zallashtiruvchi va barbod qiluvchi omillar haqida bahs-munozaralar; Sog'lom turmush tarziga o'tish uchun amaliy tavsiyalar; Men baxtliman, siz ham baxtlisiz kabi kayfiyat ulashuvchi mashqlar va o'yinlar o'tkazildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni