Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda yoshlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari asosida o‘qitiladi Davlatimiz rahbari o‘z murajaatida professional ta'lim sohasiga ham to‘xtaldi. Kasb-hunar taʼlimi bilan qamrov 200 mingga yetkaziladi. 2023-yilda davlat grantlari uchun 130 ming joy ajratiladi. Bu joriy yilgidan 30 mingga koʻproq.Har bir viloyatda 1 tadan texnikumda Yevropa kasbiy taʼlim standartlari joriy etiladi.Kelasi besh yilda barcha kollej va texnikumlar Yevropa kasbiy taʼlim standartlari bilan qamrab olinadi. 2023-yildan boshlab 700 dan ortiq kasb-hunar maktabi, kollej va texnikumlar imkoniyatidan samarali foydalanish bo‘yicha yangi dastur amalga oshiriladi.
Prezident_murojaatnomasi
Prezident_murojaatnomasi
Prezidentimizning 2023-yilga yurtimizda “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” deb nom berish tashabbusini yig‘ilganlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatladi. “Nima uchun yilga bunday nom berayapmiz? Biz O‘zbekistonda olib borilayotgan davlat siyosatining markazida inson va uning manfaatlarini ta’minlashni ustuvor vazifa etib belgiladik. Aslida ham, bizning eng bebaho boyligimiz, bu – bunyodkor xalqimiz, duogo‘y ota-onalarimiz, navqiron avlodimiz emas-mi? Shu yurtda yashayotgan har bir insonning tinch va baxtli hayot kechirishi, uning sog‘lig‘i joyida bo‘lishi, yaxshi ta’lim olishi, oilasini tebratishi uchun qanday sharoit kerak bo‘lsa, hammasini yaratib berishga harakat qilayapmiz va bu yo‘ldan aslo to‘xtamaymiz”, – dedi davlatimiz rahbari.
2023 ЙИЛ- «ИНСОНГА ЭЪТИБОР ВА СИФАТЛИ ТАЪЛИМ» йили
⚡️2023 ЙИЛ- «ИНСОНГА ЭЪТИБОР ВА СИФАТЛИ ТАЪЛИМ» йили
1991йил —Алишер Навоий йили.
1992 йил —Ҳамширалар йили.
1993 йил —Аҳмад Яссавий йили.
1994 йил —Мирзо Улуғбек йили.
1995 йил —Абу Али ибн Сино йили.
1996 йил — Амир Темур йили.
1997 йил —Инсон манфаатлари йили.
1998 йил —Оила йили.
1999 йил —Аёллар йили.
2000 йил —Соғлом авлод йили
2001 йил —Она ва бола йили.
2002 йил —Қарияларни қадрлаш йили.
2003 йил —Обод маҳалла йили.
2004 йил Меҳр-мурувват йили.
2005 йил —Сиҳат-саломатлик йили.
2006 йил —Ҳомийлар ва шифокорлар йили.
2007 йил —Ижтимоий ҳимоя йили.
2008 йил — Ёшлар йили.
2009 йил —Қишлоқ тараққиёти ва фаровонлиги йили.
2010 йил —Баркамол авлод йили.
2011 йил —Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик йили.
2012 йил —Мустаҳкам оила йили.
2013 йил —Обод турмуш йили.
2014 йил —Соғлом бола йили.
2015 йил —Кексаларни еʼзозлаш йили.
2016 йил —Соғлом она ва бола йили.
2017 йил— Халқ билан мулоқот ва инсон манфаатлари йили.
2018 йил —Фаол тадбиркорлик, инноватсион ғоялар ва технологияларни қўллаб-қувватлаш йили.
2019 йил —Фаол инвеститсиялар ва ижтимоий ривожланиш йили.
2020 йил (Илм-маьрифат ва рақамли иқтисодиётни ривожлантириш йили
2021-йил —Ёшларни қўллаб-қувватлаш ва аҳоли саломатлигини мустаҳкамлаш йили.
2022 йил —Инсон қадрини улуғлаш ва фаол маҳалла йили.
Navoiylik yosh yuristlar "Uch avlod uchrashuvi" da ishtirok etdi.
Navoiy viloyati yuridik texnikumida viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda “Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida uzoq yillar faoliyat yuritgan mehnat faxriylari, soha rivoji yо‘lida muvaffaqiyat qozonib, jonbozlik kо‘rsatib kelayotgan о‘rta avlod vakillari hamda Navoiy viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida, nuroniylar tomonidan yurtimizdagi tinchlik va osoyishtalik, yangilanish hamda о‘zgarishlar haqida sо‘z yuritildi. Tadbir so'ngida faxriylar tomonidan texnikum yoshlariga 30 ga yaqin badiiy asarlar sovg'a qilindi.















