Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi "Professional ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan o'quv seminarlarni tashkil etish to‘g’risida"gi 419-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 27-dekabr kuni Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Navoiy viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan Navoiy yuridik texnikumida o‘quv seminar tashkil etildi. Seminardan ko'zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida ko‘tarilgan ustuvor yo‘nalishdagi vazifalar mazmun-mohiyatini professional ta’lim muassasalari rahbar va pedagog-kadrlari o‘rtasida keng targ‘ib qilish, qishki ta’til davrida viloyatidagi professional ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullarini o‘quv jarayoniga joriy etishdan iborat. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasbiy ko'nikmalarini shakllantirish bo'limi boshlig'i F.Tursuqulov va E.Ergashovlar tomonidan seminar ishtirokchilari uchun profesional ta'lim tizimiga oid ma'ruzalar tashkil etildi. Ushbu seminarlar qishki ta’til davrida barcha profesional ta'lim muassasalarida boshqarma xodimlari ishtirokida tashkil etiladi.
Elonlar
- Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti joriy yilning may oyidan boshlab quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochilganini ma’lum qiladi.
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш















