Navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muhtaram yurtboshimizning viloyatimizga tashrifi doirasida berilgan ustuvor vazifalar ijrosi, Yashil makon bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ta’lim muassasalarida  ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, o‘tkazilgan  attestasiya natijalari tahlili, qisqa muddatli  kurslarni tashkil  etish  holati, kasbga yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb  vazifalar belgilab olindi.

"Biz - OITS ga qarshimiz"

 Navoiy shahar kasb-hunar maktabida "1-dekabr Xalqaro OITS ga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan biologiya fani o'qituvchisi A.Fuzaylova tashshabbusi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha direktor oʻrinbosari U N.Shamiev va maktab oʻqituvchilari shuningdek Navoiy shahar IIB Jinoyat qiduruv bo'limidan J.Axmedov, Sh.Xo'jaqulov,Sh.Qodirov maktabning birinchi bosqich oʻquvchilari ishtirokida "Biz - OITS ga qarshimiz" shiori ostida boʻlib oʻtdi.Suhbatda soʻzga  chiqqanlar asr vabosi va uning oqibatlar haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdilar, oʻquvchilar oʻzlari qiziqqan savollarga javob  topishdi.

"IQTIDORINGNI NAMOYON ET"

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 2-dekabr kuni iqtidorli o'quvchi-yoshlarni  qo'llab-quvvatlash va ularning iqtidorini namoyon qilish  maqsadida bo'lim boshlig'i D.Tosheva boshchiligida "IQTIDORINGNI NAMOYON ET" mavzusida ko'rik tanlov o'tkazildi. 
Tadbir davomida  o'quvchi-yoshlar "BESH TASHABBUS"  doirasida raqs, san'at musiqa yo'nalishlari bo'yicha o'zlarining iqtidorlarini namoyish etdilar.
 Tadbir yakunida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib, g'oliblikni qo'lga kiritgan va faol ishtirok etgan o'quvchi-yoshlar kasb-hunar maktabi faxriy yorliqlari va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.

"Hayot go'zal chunki unda men borman"

"Hayot go'zal chunki unda men borman" Navoiy viloyati yuridik texnikumida "1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni"ga bag`ishlab L.Xamidova tomonidan "Hayot go'zal chunki unda men borman" deb nomalangan amaliy trening o'tkazildi. Trening jarayonida talabalar: Hayotimizni go'zallashtiruvchi va barbod qiluvchi omillar haqida bahs-munozaralar; Sog'lom turmush tarziga o'tish uchun amaliy tavsiyalar; Men baxtliman, siz ham baxtlisiz kabi kayfiyat ulashuvchi mashqlar va o'yinlar o'tkazildi.

"1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni"

 Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabida joriy yilning 1-dekabr kuni "1-dekabr - OITSga qarshi kurash kuni" munosabati bilan oquvchi-yoshlar o'rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Tadbir davomida o'quvchi-yoshlarga OITSning kelib chiqish sabablari va uning mudhish illatlari to'grisida tushunchalar berib o'tildi. Tadbir songida OITSni oldini olish bo‘yicha videorolik namoyish etildi.

"Biz OITSga qarshimiz"

Joriy yilning 1-dekabr kuni Navbahor tuman kasb-hunar maktabida 1-dekabr Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan "Biz OITSga qarshimiz" mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda birinchi va ikkinchi kurs o'quvchi yoshlar faol ishtirok etishdi.
 

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni