Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi. Bayram saylida barcha guruhlar koʻtarinki kayfiyatda ishtirok etdilar. Milliy taomlar koʻrik tanlovi, milliy oʻyinlar, milliy qoʻshiqlardan ijro etildi. Bayram barchaga birdek manzur boʻldi.
Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi.
“Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim”
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash maqsadida Uchquduq sanoat texnikimida Navro’z bayramiga bag’ishlab “Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim” degan bosh g’oya asosida, ko’tarinki ruhda bayram sayli o’tkazildi. Bayram tadbirida bahor va tabiat ne’matlari ko’rgazmasi, yurtimizning qadimiy urf-odatlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo’lgan kuy, qo’shiq hamda laparlar, milliy liboslar va taomlar namoyishi hamda milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Navro‘z tabiatning yasharish, yangilanish qudratini, saxovatini, ajdodlarimiz o‘lmas merosi qadriyatlarimizni namoyon etuvchi bayram sifatida yashab kelmoqda.Navroʻz xalqimizga, millatimizga xos yuksak insoniylik, mehr-muruvvat, oqibat, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik, samimiylik kabi qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. Yurtimizning har bir xonadonida bahor fasli, Navro‘z shukuhi kezmoqda.















