Zarafshon sanoat texnikumida ma’naviy ma’rifiy tadbirdan lavhalar

 Zarafshon sanoat texnikumida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbirdan lavhalar

Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida

 Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 16-mart kuni maktabning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-yoshlari ishtirokida bahor faslining nafis va goʻzal bayramlaridan, butun dunyo musulmon olamining yangi yil ayyomi, yangilanish-yasharish kuni Navroʻz bayramini keng nishonlash maqsadida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida, koʻtarinki ruhda katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish sport musobaqalari shuningdek bayramona milliy taomlardan Navroʻz dasturxoni bezatish kabilar tashkil etildi. Bayram tadbirida  oʻquvchilar milliy urf-odatlarimizdan kelin salomlar, lapar-u oʻlanlar aytishgani yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi.

Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.

 Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ijodiy ishlar ko'rgazmasi  bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar tomonidan Navro'z , bahor, tabiat mavzusida chiizlgan rasmlari,  kitoblar ko'rgazmasi, o'quvchilar qo'l ishi bilan tayyorlangan  milliy kashta va tikuvchilik ishlari namunalari namoyish etildi.

Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi.

Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida o‘quvchi yoshlar  o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda jami 138 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, sport musobaqalarida 47 nafar o‘quvchi kuch sinashdi. G‘olib o‘quvchilar kasb-hunar maktabining diplom va estalik sovg‘alari bilan katta bayram tadbirda taqdirlandi.

«Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!»

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida  pedagog va ishchi xodimlar o'rtasida "Milliy qadriyatlar qadr topgan yurt" mavzusida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 132 nafar o'quvchi-yoshlar va 28 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni