Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Belarus Respublikasiga xizmat safari.
O‘zbek tili bayrami
21 oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni
Ona tilimiz - milliy o‘zligimiz, ma’naviy merosimiz va kelajagimiz timsolidir.
Sizlarni milliy g‘ururimiz, ma’naviyatimiz va o‘zligimiz timsoli bo‘lgan 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — xalqimizning bebaho boyligi, millatimizning ruhi va ajdodlarimizdan qolgan muqaddas merosdir. Uning har bir so‘zida tariximiz, qadriyatlarimiz va milliy iftixorimiz mujassam.
O‘zbek tilining boyligi va nufuzini asrash, uni rivojlantirish hamda zamonaviy hayotning barcha jabhalarida keng qo‘llash barchamizning mas’uliyatimizdir.
Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, ilmiy va ijodiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Hurmat bilan,
J.Kalandarov
Navoiy viloyati Kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i













