Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi

Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi. Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari 2022-yil 17-oktabrdan boshlanadi. Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga:

- sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
- kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
- dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent onlayn roʻyxatdan oʻtgan. Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.

Ona_tilim_faxrim

"Kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta’sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin!"                                                              Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sharafli kasb egalari bilan uchrashuv

 Konimex tuman kasb-hunar maktabi CHQBT rahbari Feruz Fayziyevich 15-22,19-22 guruhlar bilan birgalikda tuman Mudofaa ishlari bo'limiga sayohat uyushtirdilar. O'quvchi-yoshlarni Mudofaa ishlari bo'limi boshlig'i Sardor Rashidovich kutib oldi va Mudofaa ishlari bo'limining ish faoliyati haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdi. Mudofaa ishlari bo'limida qizg'in va ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda ishtirok etgan yosh avlodni ko'nglidan kelgusida Vatan himoyasi uchun harbiylar safida xizmat qilishdek sharafli kasbni orzu qilishga undaydigan qiziqarli chiqishlar, shuningdek Mudofaa ishlari bo'limidagi mavjud zahira qurol aslahalar haqida to'liq tushuncha berildi.
So'ngra o'quvchi-yoshlarga mustaqil ravishda ushbu qurol aslahalarni qismlarga ajratish va yig'ish borasida amaliy ko'nikmalar berildi.

"Giyohvandlik yomon illat" mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

 Navbahor tuman kasb-hunar maktabida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Biz odam savdosiga qarshimiz", "Giyohvandlik yomon illat" mavzularida rasmlar tanlovi o‘tkazildi

qo‘shimcha daromad topib ota-onalariga ko‘mak bermoqdalar.

 Navbahor tuman kasb-hunar maktabining payvandlash ustaxonasida Elektrogazpayvandlash yo‘nalishi o‘quvchilari dars mashg‘ulotlaridan so‘ng ustaxonada turli xildagi uy ro‘zg‘or buyumlarini tayyorlab mahalliy aholiga sotib qo‘shimcha daromad topib ota-onalariga ko‘mak bermoqdalar.

"BIZ BIR JAMOAMIZ" PSIXOLOGIK-MOTIVATSION TRENINGI

  Navoiy viloyati yuridik texnikumida  birinchi bosqich o'quvchi talabalari o'rtasida texnikum shart-sharoitlariga tez va oson moslashish va jamoada ijobiy muhitni shakllantirish maqsadida  "BIZ BIR JAMOAMIZ" deb nomlangan trening o'tkazildi.

O‘quvchilar psixolog L.Xamidova tomonidan o‘tkazilgan  treningda o'zaro kichik guruhlarda ishlab o‘z orzu maqsadlariga qanday erishish, to‘siqlarni yengib o‘tish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.

FAN OLIMPIADALARI II BOSQICHIGA START BERILADI

 Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, g‘oliblarni keyinchalik milliy va xalqaro fan olimpiadalariga tayyorlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2021 yil 9 sentyabrdagi 562-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida umumta’lim fanlari bo‘yicha fan olimpiadasi II (tuman, shahar) bosqichi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, nodavlat ta’lim tashkilotlarining 9-11-sinf hamda kasb-hunar maktablarining 1-2 bosqich o‘quvchilari o‘rtasida joriy yilning 12-16 oktyabr kunlari o‘tkaziladi.

Muhammad Ali hayoti va ijodi to'g'risida tadbir

2022-yil 10-oktabr kuni Uchquduq sanoat texnikumida  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-apreldagi 223-sonli "Atoqli olimlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining yubiley sanalarini keng nishonlash hamda ular faoliyatini targʻib etish" dasturining 9-bandiga asosan Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hayoti va ijodi hamda adabiy merosini faol targ'ib qilish  maqsadida adib ijodiga bagʻishlangan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida yozuvchi tomonidan yaratilgan tarixiy asarlar orqali ona Vatanga muxabbat, insonparvarlik gʻoyalari yoshlar uchun ibrat namunasi sifatida alohida e'tibor qaratildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni