«Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!»

 Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida  pedagog va ishchi xodimlar o'rtasida "Milliy qadriyatlar qadr topgan yurt" mavzusida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 132 nafar o'quvchi-yoshlar va 28 nafar xodimlar ishtirok etdi.

Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi.

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi. Bayram saylida barcha guruhlar koʻtarinki kayfiyatda ishtirok etdilar. Milliy taomlar koʻrik tanlovi, milliy oʻyinlar, milliy qoʻshiqlardan ijro etildi. Bayram barchaga birdek manzur boʻldi.

“Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim”

 Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash maqsadida Uchquduq sanoat texnikimida  Navro’z bayramiga  bag’ishlab  “Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim” degan bosh g’oya asosida, ko’tarinki ruhda  bayram sayli o’tkazildi. Bayram tadbirida bahor va tabiat ne’matlari ko’rgazmasi, yurtimizning qadimiy urf-odatlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo’lgan kuy, qo’shiq hamda laparlar, milliy liboslar va taomlar namoyishi hamda milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Navro‘z tabiatning yasharish, yangilanish qudratini, saxovatini, ajdodlarimiz o‘lmas merosi qadriyatlarimizni namoyon etuvchi bayram sifatida yashab kelmoqda.Navroʻz xalqimizga, millatimizga xos yuksak insoniylik, mehr-muruvvat, oqibat, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik, samimiylik kabi qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. Yurtimizning har bir xonadonida bahor fasli, Navro‘z shukuhi kezmoqda.

XUSHXABAR

 Zarafshon shahar kasb-hunar maktabining 203-guruh oʻquvchisi Xasanov Dastan 2023-yil 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida sportning ashixara-karate turining kata va kumete yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston kubogida faol ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni egallab, 2-darajali diplom va medal bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xasanov Dastanning ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi!

#TAYINLOV

 Mirzoyev O`tkir Qahhorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga  tayinlandi.

O`.Mirzoyev 1988-yil Qiziltepa tumanida tug`ilgan. 2010-yil Buxoro Davlat universitetini va 2017-yil Germaniya davlati “Weihenstephan” universitetini  tamomlagan.               

Qaysi chet tillarni biladi: Nemis tili, fors tili, rus tili, ingliz tili, turk tili           

Tayinlovga qadar, Qiziltepa tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

 

Tabrik

 Aziz opa-singillar!

Sizlarni 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Tarbiya, taʼlim, tafakkur... Jamiyat ravnaqi, davlat qudrati uchun xizmat qiladigan mana shu buyuk amallarning barida sizning mehnatingiz, fidoyiligingiz, kuch-u gʻayratingiz, mehringiz, sabotingiz mujassam. Siz borki, millat tarbiya koʻradi, siz borki, taʼlim rivojlanadi, siz borki xalqimiz tafakkuri joʻsh uradi.

Prezidentimiz dunyoda chuqur iqtisodiy inqiroz davom etayotgan hozirgi kunda qanchalik qiyin boʻlmasin, ayol-qizlarning oʻqib, bilimli boʻlishi uchun zarur mablagʻ va imkoniyatlar topib berilayotgan bir paytda, oliygohlarda tahsil olayotgan xotin-qizlarimiz orasidan ilm-fan, siyosat va jamoat arboblari, mashhur madaniyat va sanʼat, sport namoyandalari yetishib chiqadi, deb ishonch bildirdilar. Darhaqiqat, hozirda bilim olayotgan talaba-qizlarimiz, oʻz ilmlarini ulashayotgan pedagoglarimiz, tadqiqotchi, ixtirochi, novator ayol-qizlarimiz isteʼdod va salohiyatlarini toʻlaqonli namoyon etishlari uchun barcha sharoit yaratilgan.

Iqtidoringizni qadrlang, uni oʻsib-unishi uchun doimiy izlanishda boʻling, ilm olishdan charchamang! Aql-zakovat, sadoqat  va fidoyiligingiz asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligiga asos boʻlib kelmoqda.

Qadrli opa-singillar, Sizga mustahkam sogʻliq, oilangizga tinchlik-xotirjamlik, koʻzlagan yuksak marralarga erishishingizni tilayman. Barcha orzu va ezgu niyatlaringiz amalga oshishiga tilakdoshman!

Ibrohim Abdurahmonov,
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri

Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” bilan hamkorlik loyihasi

 2023-yil 20-fevral – 2-mart kunlari Germaniyalik mutaxassislar tomonidan “Moliyaviy va tadbirkorlik ta’limi sohasida professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda rahbarlarini o‘qitish va malakasini oshirish” loyihasi doirasida 14 nafar hududiy boshqarma mas’ul xodimlari hamda 34 nafar professional ta’lim muassasa o‘qituvchilari moliyaviy savodxonlik va tadbirkorlikka ko‘nikmalariga o‘qitildi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni