Hukumat qarori

Ҳукумат қарори (152-сон, 08.04.2026 й.) билан “Янги Ўзбекистон бунёдкорлари” касбий маҳорат миллий танловини ташкил этиш ва ўтказиш тартиби тўғрисида”ги низом тасдиқланди.

Viloyat hokimi texnikumlarni o'rgandi

Navoiy viloyatidagi texnikumlar faoliyati o‘rganildi  

Boshqarma apparati (rahbariyat)

Navoiy viloyati kasbiy ta'lim boshqarmasi boshqaruv apparati xodimlari to'g'risida MA'LUMOT

Xotira – muqaddas, qadr – abadiy.

Xotira – muqaddas, qadr – abadiy. 

Shu iborani e’tirof etganimizda, xalqimizning ezgu an’analari umrboqiy ekaniga yana bir bor amin bo‘lamiz. Shu kunlarda  9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlar, xayrli ishlarda ham ana shu qadriyatlarimiz o‘z ifodasini topgan.

🎗Bugun, 9-may kuni,  Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari Karmana tuman kasb-hunar maktabida ko‘p yillar mehnat qilib, hozirda nafaqadagi ustoz Egamova Mubina Tojiyevna xonadoniga tashrif  bu

Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Qiziltepa tuman 1-son kasb-hunar maktabi faoliyatini yaqindan o‘rgandi.

 O‘rganish davomida kasb-hunar maktabining o’quv binolarini holati, ta’lim jarayonlarini tashkil etilishi, o'quvchi-yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, o'quv va amaliyot xonalari, ishlab chiqarish taʼlim ustalarining taʼlimni tashkil qilishda yangi innovatsion texnologiyalaridan foydalanish jarayonini kuzatib o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdi.   
Tashrif davomida kasb-hunar maktabida yaratilgan shart-sharoitlar, imtiyozlar, moddiy-texnik baza imkoniyatlari, ta‘lim-tarbiya masalalari, istiqboldagi reja va vazifalar bilan tanishdi.

Boshqarmasi boshlig‘i O‘tkir Mirzoyev Navoiy arxitektura va qurilish texnikumiga tashrif buyurdi.

 Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Navoiy  viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i  O‘tkir Mirzoyev  Navoiy arxitektura va qurilish  texnikumiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida texnikum direktori U.Rasulov bilan birgalikda  texnikumning ta'lim-tarbiya jarayoni, oʻquv ustaxonasi, sport zali, oshxona  hamda oʻquvchi-yoshlar uyida boʻlib, oʻquvchilarning darslarga ishtiroki, ularning yashash sharoiti, ovqatlanishi bilan tanishib chiqdi.                       

O’rganish jarayonida yuzaga kelgan xato kamchiliklarni mas’ullarga bartaraf etish yuzasidan tegishli tartibda ko’rsatmalar berdi.

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni