Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida joriy yilning 16-mart kuni maktabning birinchi va ikkinchi bosqich oʻquvchi-yoshlari ishtirokida bahor faslining nafis va goʻzal bayramlaridan, butun dunyo musulmon olamining yangi yil ayyomi, yangilanish-yasharish kuni Navroʻz bayramini keng nishonlash maqsadida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida, koʻtarinki ruhda katta bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar oʻrtasida tosh koʻtarish, arqon tortish sport musobaqalari shuningdek bayramona milliy taomlardan Navroʻz dasturxoni bezatish kabilar tashkil etildi. Bayram tadbirida oʻquvchilar milliy urf-odatlarimizdan kelin salomlar, lapar-u oʻlanlar aytishgani yigʻilganlarga oʻzgacha zavq-shavq ulashdi.
Elonlar
- Qabul❗️
- “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi tasdiqlandi
- Xorijda ishga tayyorlash: til o‘rganish va kasbiy imtihon xarajatlari qoplanadi
- May oyidan boshlab kasbiy hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari ochildi
- Бугундан муддатидан олдин овоз бериш бошланди
- Касбга ўқитиш бўйича вилоят тажрибаси
- 2021-2022 ўқув йили учун ҳужжат топшириш
Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida
Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi.
Nurota tuman 2-son kasb-hunar maktabida Navro'z umumxalq bayrami munosabati bilan "Har kuning Navro'z bo'lsin, jonajon O'zbekistonim!" mavzusida ijodiy ishlar ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. Unda o'quvchilar tomonidan Navro'z , bahor, tabiat mavzusida chiizlgan rasmlari, kitoblar ko'rgazmasi, o'quvchilar qo'l ishi bilan tayyorlangan milliy kashta va tikuvchilik ishlari namunalari namoyish etildi.
Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi.
Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan sport musobaqalari o‘tkazildi. Tadbirda jami 138 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, sport musobaqalarida 47 nafar o‘quvchi kuch sinashdi. G‘olib o‘quvchilar kasb-hunar maktabining diplom va estalik sovg‘alari bilan katta bayram tadbirda taqdirlandi.
«Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!»
Konimex tuman kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-martdagi PQ-82-sonli “2023 YILGI NAVRO‘Z UMUMXALQ BAYRAMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH VA UNI O‘TKAZISH TO‘G‘RISIDA”gi Qarori ijrosi yuzasidan «Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim!» degan bosh g‘oya asosida umumxalq sayillari shaklida ko‘tarinki ruh va yuksak saviyada nishonlash maqsadida pedagog va ishchi xodimlar o'rtasida "Milliy qadriyatlar qadr topgan yurt" mavzusida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda 132 nafar o'quvchi-yoshlar va 28 nafar xodimlar ishtirok etdi.
Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi.
Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida "Har kuning boʻlsin Navroʻz, jonajon Oʻzbekistonim" shiori ostida Navroʻz sayli tantanalari boʻlib oʻtdi. Bayram saylida barcha guruhlar koʻtarinki kayfiyatda ishtirok etdilar. Milliy taomlar koʻrik tanlovi, milliy oʻyinlar, milliy qoʻshiqlardan ijro etildi. Bayram barchaga birdek manzur boʻldi.
“Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim”
Bahor va tabiat uyg‘onishining timsoli, sharqona yangi yilning boshlanishi bo‘lgan Navro‘zi olamni baland ruh va katta shodiyona bilan nishonlash maqsadida Uchquduq sanoat texnikimida Navro’z bayramiga bag’ishlab “Har kuning Navro’z bo’lsin, jonajon O’zbekistonim” degan bosh g’oya asosida, ko’tarinki ruhda bayram sayli o’tkazildi. Bayram tadbirida bahor va tabiat ne’matlari ko’rgazmasi, yurtimizning qadimiy urf-odatlari, madaniy merosimizning yorqin namunalari bo’lgan kuy, qo’shiq hamda laparlar, milliy liboslar va taomlar namoyishi hamda milliy sport turlari bo’yicha musobaqalar o’tkazildi. Navro‘z tabiatning yasharish, yangilanish qudratini, saxovatini, ajdodlarimiz o‘lmas merosi qadriyatlarimizni namoyon etuvchi bayram sifatida yashab kelmoqda.Navroʻz xalqimizga, millatimizga xos yuksak insoniylik, mehr-muruvvat, oqibat, saxovatpeshalik, bag‘rikenglik, samimiylik kabi qadriyatlarni o'zida mujassam etgan. Yurtimizning har bir xonadonida bahor fasli, Navro‘z shukuhi kezmoqda.
XUSHXABAR
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabining 203-guruh oʻquvchisi Xasanov Dastan 2023-yil 11-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan Toshkent shahrida sportning ashixara-karate turining kata va kumete yoʻnalishlari boʻyicha Oʻzbekiston kubogida faol ishtirok etib faxrli 2-oʻrinni egallab, 2-darajali diplom va medal bilan taqdirlandi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi Xasanov Dastanning ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklaydi!
#TAYINLOV
Mirzoyev O`tkir Qahhorovich - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.
O`.Mirzoyev 1988-yil Qiziltepa tumanida tug`ilgan. 2010-yil Buxoro Davlat universitetini va 2017-yil Germaniya davlati “Weihenstephan” universitetini tamomlagan.
Qaysi chet tillarni biladi: Nemis tili, fors tili, rus tili, ingliz tili, turk tili
Tayinlovga qadar, Qiziltepa tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.














