PROFESSIONAL TA'LIM MUSSASALARINING QISHKI TA'TILDAN SO‘NG DARS JARAYONLARIGA TAYYORGARLIGI O'RGANILMOQDA

18-yanvar kuni Viloyat Kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshligʻi N.Ulug'berdiyev Zarafshon shahar kasb-hunar maktabiga tashrif buyurib, qishki ta'tildan so'ng o'quvchilarning kayfiyati, darslarga bo'lgan qiziqishlari, ta'lim jarayoni bilan tanishdi. Shunigdek, anomal sovuq ob-havo sharoitida professional ta'lim muassasalarining qozonxonalari hamda isitish tizimini ko'zdan kechirib, auditoriyalarni doimiy issiqligini ta'minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga ko'rsatmalar berildi.

“Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” mavzusida quvnoq startlar sport bellashuvi tashkil etildi.

 Zarafshon shahar kasb-hunar maktabida “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganining 31-yilligi sharafiga “Kim Vatanga sodiq boʻlsa, mendirman oʻsha!” mavzusida  quvnoq startlar sport bellashuvi tashkil etildi. Tadbirda kasb-hunar maktabining pedagog xodimlari hamda ishlab chiqarish taʼlimi ustalaridan iborat "Qalqon" hamda "Alpomish" jamoalari ishtirok etishdi. Turli xil sport va koʻngilochar shartlaridan iborat bellashuvda "Alpomish" jamoasi gʻolib boʻldi.

Nurota tuman 1-son kasb-hunar maktabida ...

 Nurota tuman 1-son kasb-hunar maktabida 2023-yil 14-yanvar ,,Vatan himoyachilari kuni'' munosabati bilan amaliyotchi psixolog Z.Azimova tomonidan "Jamoa ahilligining negizi nimada?" mavzusida trening mashg'uloti tashkil etildi.Trening ikkala jamoa o'rtasida psixologik bellashuv tarzida o'tkazildi va "Lochinlar" jamoasi faxrli 1-o'rinni "Vatanparvarlar"jamoasi esa 2-o'rinni qo'lga kiritdilar. Tadbir-trening barchaga o'zgacha kayfiyat bag'ishladi.

Najot bilimda

Navoiy viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar.

Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida mahorat darsi tashkil etildi.

 Qiziltepa tuman 2-son kasb-hunar maktabida Kimyo fani o'qituvchisi Musallam Haydarova tomonidan o'qituvchilar bilan tajriba almashish maqsadida mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida "Zanjir", "Kimyoviy domino", "Suratda nima yashiringan" nomli interfaol metodlardan foydalanildi...

Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar

Ushbu zamonaviy o‘quv laboratoriya xonasi hamda maxsus o‘quv-tajriba maydonchasi o‘quvchilarimizning suv tejovchi texnologiyalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalari mustahkamlanib borishiga xizmat qilmoqda.  Mazkur loyihaning davomi sifatida “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari asoslari” darsligi  va “Suv tejovchi sug‘orish texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmalari, kompyuter, proyektor hamda elektron darslik taqdim etilganligi ayni muddao bo‘ldi.

LOYIHA VAKILLARI KOLLEJ FAOLIYATI BILAN TANISHDI

Suv xo‘jaligi vazirligi, Viloyat Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi. 2-bosqich” doirasida yangi darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari hamda laboratoriya jihozlari Navbahor suv xo‘jaligi va meliorasiya kollejiga taqdim etilgan edi. Jumladan, mazkur ta’lim muassasasi 159 million so‘mlik  suv tejovchi texnologiyalarning asbob-uskunalari bilan jihozlangan o‘quv laboratoriya xonasi hamda maxsus o‘quv-tajriba maydonchasi  bilan ta’minlandi.Hozirda kollej o‘quvchilari bu yerda suv tejovchi texnologiyalar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqdalar.
Loyiha vakillari kollejda bo‘lib, uning faoliyati bilan tanishdilar.

Karmana tuman kasb-hunar maktabida o‘quv seminari tashkil etildi.

 Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi  "Professional  ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini  oshirishga  qaratilgan o'quv seminarlarni tashkil  etish to‘g’risida"gi 419-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash yuzasidan joriy yilning 5-yanvar kuni Karmana tuman kasb-hunar maktabida boshqarma mas'ul xodimlari tomonidan o‘quv seminari tashkil etildi.
                                                                                          

Prezidentning besh tashabbusi

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni