Joriy yilning 8-yanvar kuni Nurota 2-son kasb -hunar maktabi pedagog va ishchi xodimlari o'rtasida sportning mini-futbol sport turi bo‘yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Nihoyatda qiziqarli va ko'tarinki ruhda o‘tgan musobaqa barchaga manzur bo‘ldi.
Professional ta'limda O'qitish materiallari to'plamlarini yaratishni tashkil qilish bo'yich seminar tashkil qilindi
Joriy yilning 6-yanvar kuni Uchquduq tuman kasb-hunar maktabida qishki ta'tilni samarali o'tkazish maqsadida o'qituvchi va ishlab chiqarish ta’limi ustalariga "Professional ta'lim muassasalari uchun O'qitish materiallari to'plamlarini yaratishni tahkil etish to'g'risida"gi 465-sonli buyrug'i bo'yicha o'quv semenari tashkil qilindi.
3 декабрь Халқаро ногиронлар куни
ℹ️ Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ҳаёт тарзини яхшилашга дунё миқёсида эътибор қаратиш мақсадида БМТ томонидан 1983–1992 йиллар Халқаро ногиронлар ўн йиллиги деб белгиланган эди. Мазкур ўн йиллик якунида (1992 йилнинг 14 октябрь куни) БМТ Бош Ассамблеясининг 37-ялпи мажлисида қабул қилинган резолюцияга мувофиқ, 3 декабрь Халқаро ногиронлар куни деб эълон (https://www.un.org/ru/observances/day-of-persons-with-disabilities) қилинган.
📋 Мазкур халқаро ҳужжатга мувофиқ, БМТга аъзо барча мамлакатларга, шунингдек, тегишли ташкилотларга ногиронлиги бор шахсларнинг тўлақонли ҳаёт кечириши, ишлаши, таълим олиши ва саломатлигини тиклаши учун мунтазам тарзда зарур шарт-шароитлар яратиб бериш, мазкур кунни кенг миқёсда нишонлаш тавсия этилган (https://undocs.org/ru/A/RES/47/3).
MUVAFFAQIYATGA ERISHISHNING OLTIN QOIDALARI
Vaqt – insonning eng katta sarmoyasi. Muvaffaqiyat siri ana shu sarmoyadan unumli foydalanishda. So‘zimiz isboti uchun ulug‘lar hayotiga, qilgan ishlariga nazar tashlasak, kifoya.
Ular vaqt isrofidan saqlanishgan, qanday ish bo‘lmasin, jiddiylik bilan yondoshishgan, doim izlanishda, intilishda bo‘lishgan. Biz ko‘pincha vaqt etishmayotganidan noliymiz. Holbuki, ulug‘lar yashagan davr bilan hozirgi paytning vaqt o‘lchovlari farq qilmaydi.
Demak, farq – o‘zimizda.
1. Ishlash uchun qulay vaqtni kutib o‘tirmang. Shuni biling: har bir kun, har bir soat ishlash uchun qulay vaqtdir. Ishlash uchun qulay joy axtarmang. Shuni biling: har bir joy ishlash uchun qulay erdir.
2. Bugun qilishingiz kerak bo‘lgan ishni, darsni, vazifani ertaga qoldirmang. CHunki har bir kunning o‘ziga belgilangan ishi bo‘ladi.
3. Bir vaqtda faqat bitta ishni qiling, bitta dars, bitta kitob, hatto bir bo‘lim ustidagina ishlang. Toki diqqatingiz bo‘linmasin.
4. Boshlagan ishingizni oxiriga etkazmasdan boshqasiga o‘tmang.
5. Bugungi ishni tugatgandan so‘ng ertaga nima qilishni rejalashtiring.
6. Ishlashga o‘tirgan chog‘ingizda butun ruhiy, jismoniy quvvatingiz bilan o‘zingizni shu ishga bag‘ishlang.
7. Qilayotgan ishingizda qiyinchilik uchrasa, uni engmasdan bir odim ham chekinmang. SHuni biling: ishlash ishtiyoqi qiyinchilikni engishdan tug‘iladi. Bu narsa kishiga ma’naviy zavq beradi.
8. Ishingizda uchragan qiyinchilikni oldin bo‘lib tashlang, keyin qismni bitta-bittadan, navbat bilan hal etishga harakat qiling.
9. Muntazam ishlang, ish jarayonida uzoq tanaffus qilmang. Toki ishlash qobiliyatingiz susaymasin.
10. Bir ish ustida charchasangiz, dam olish uchun ishingizni o‘zgartiring yoki ish sur’atini pasaytiring. Faqat dam olish bahonasida aslo bekor o‘tirmang. Hatto ta’til oylarida ham oz bo‘lsada ishlang.
11. Ish unumini ish ustida o‘tkazgan vaqtingiz bilan o‘lchab, “Bugun shuncha soat ishladim, etadi”, demang, ishning natijasiga qarang.
12. Ko‘proq fikr qiling. Zero, ishlash harakat qilish yoki o‘qib-yozishdan iborat emas.
13. Biror ishni boshlaganingizda shoshma-shosharlik qilmang, singdirib, hazm qilib ishlang, o‘rganing.
14. Bugun nima qilganingizni, qanday natijalarga erishganingizni o‘ylamasdan, ertaga nima ish qilishni rejalashtirmasdan uyquga ketmang.
15. Jaxl paytida hech qachon biror ish qilishga bel bog‘lamang, g‘azabingiz bosilishini kuting.
16. Bir ishni qilish-qilmaslikda qat’iy qarorga kelolmasangiz, uning foydali, zararli tomonlarini yaxshilab hisoblab ko‘ring, foydasi ko‘p, zarari kamini tanlang.
17. Sabrli bo‘ling. Toma-toma ko‘l bo‘lur. Tomchilar bir joyga tushavergach, oxir-oqibat toshni ham emiradi.
18. Yoshi ulug‘lar tajribasidan foydalaning, tajribadan o‘tgan narsalarni bekorga yana tajriba qilishga kirishmang.
19. Ishni boshlashdan oldin yaxshilab o‘ylang, so‘nggi pushaymon foyda bermaydi.
20. Hayotingiz, tanlagan yo‘lingiz haqida ikkilanib najot axtargan paytingizda, maslahat so‘raydigan odamni to‘g‘ri tanlang.
21. Yutug‘ingizdan mag‘rurlanmang. Chunki, maqtanish kelajakdagi yutuqlarning eng katta dushmanidir.
"Zakovat"intellektual shousi o'tkazildi.
OITS-umr zavoli, biz OITS ga qarshimiz" mavzusida ochiq darsdan lavhalar
Zarafshon tibbiyot kollejida 2021-yil 30-noyabr kuni 1- dekabr Butun jahon OITS ga qarshi kurash kuni munosabati bilan "Yuqumli kasalliklar" fani o‘qituvchisi Primova Nargiza Sobirovna tomonidan 204-guruhda OITS-umr zavoli, biz OITS ga qarshimiz" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi. Barcha o‘quvchilar OITS va uning kelib chiqish sabablari, tarqalish yo‘llari va uning salbiy oqibatlari hamda OITS ni oldini olish haqida ma‘lumotlarlar berdilar.
Zo'ravonlikka qarshi 16 kun kompaniyasi doirasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida aksiya o'tkazildi.
Zarafshon shahar kasb-hunar maktabi psixologi K. G'offorova tomonidan Zo'ravonlikka qarshi 16 kun kompaniyasi doirasida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" shiori ostida aksiya o'tkazildi. O'quvchi-qizlar o'rtasida o'tkazilgan davra suhbati va trening mashg'ulotida o'quvchilarni stressdan chiqaruvchi ruhiy zo'riqishlarini oldini olishga qaratilgan mashg'ulotlar orqali olib borildi va muammolarni qanday qilib yechish kerakligi tushuntirib o'tildi. O'quvchilar chizgan rasmlari tahlil qilinib, ularga hayotni sevish, har bir kunini mazmunli o'tkazishlari, qiziqqan mashg'ulotlari bilan shug'ullanishi, tanlagan kasbi yuzasidan ko'proq o'qishi to'g'risida maslahatlar berilib, qattiyatlik va o'ziga ishonch to'yg'ularini shakillantirishga erishildi.


















